So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

07 may 12:48
Yangiliklar

Boshqalar

Para engil atletika: Italiyadan xushxabarlar!

Teglar :  Paralimpiya
Italiyaning Jesolo shahrida para engil atletika bo'yicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turniri boshlandi.

Etiborlisi, musobaqaning dastlabki kunidayoq vakillarimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, bundan biroz avval erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bahslarining T36 klassida Izzat Turg'unov 5 m 61 sm natija qayd etib oltin medalni qo'lga kiritdi. Huddi shu klassda yana bir hamyurtimiz Jamoliddin Akobirov esa 4 m 26 sm natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Bundan tashqari, ayollar o'rtasida klab uloqtirish bo'yicha F32 klassida Mahliyo Akramova 17 m 69 sm natija qayd etib, delegaciyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo'ydi.


Izzat Turg'unov Osiyo rekordini yangiladi!

Quvonarlisi, erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bahslarining T36 klassida 5 m 61 sm natija bilan oltin medalni qo'lga kiritgan hamyurtimiz Izzat Turg'unovning Osiyo rekordini yangilagani hakamlar tomonidan tasdiqlandi.


Delegaciyamiz hisobiga yana 2 ta medal qo'shildi

Erkaklar o'rtasida T13 klassida 400 metr masofaga yugurish bahslarida hamyurtimiz Doniyor Axmedov kumush medalga sazovor bo'ldi.

Bundan tashqari, erkaklar o'rtasida T36 klassida 400 metr masofaga yugurishda yana bir vakilimiz Jamoliddin Akobirov 3-natijani qayd etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi.


 “Italian Open 2022”da yana 3 ta medal qo'lga kiritildi

Italiyaning Jesolo shahrida para engil atletika bo'yicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turnirining ikkinchi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Erkaklar o'rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida Doniyor Axmedov oltin medalni qo'lga kiritdi. Xuddi shu masofaga T36 klassida yugurishda ishtirok etgan Izzat Turg'unov ham oltin medalga sazovor bo'ldi.

Bundan tashqari, ayolllar o'rtasida T11 klassida 100 metr masofaga yugurishda yana bir hamyurtimiz Asila Mirzayorova 3-natijani qayd etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ayni damda delegaciyamiz hisobida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing