So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

09 may 10:53
Yangiliklar

Engil atletika

Para engil atletika: Xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunladik!

Italiyaning Jesolo shahri mezbonlik qilgan para engil atletika bo'yicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi.

Jumladan, erkaklar o'rtasida F36/37 klassida disk uloqtirish bahslarida SHaxboz Rajabboev 41,35 metr natija bilan oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, xuddi shu yo'nalishda kumush medal ham hamyurtimizga nasib etdi. Aniqrog'i, Hayrullo Madaminov 38,44 metr natija bilan 2-o'rinni egalladi.

Bundan tashqari, erkaklar o'rtasida F32/33 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan vakilimiz Jasur Xo'jaev 10,60 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo'ldi.

Erkaklar o'rtasida T13 klassida uzunlikka sakrash yo'nalishida Doniyor Axmedov 5,95 metr natija qayd etdi va kumush medalga sazovor bo'ldi.

Ayollar o'rtasida T11 klassida 200 metrga yugurish bahslarida qatnashgan Asila Mirzayorova 28,07 soniya vaqt bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. Xuddi shu yo'nalishda T12 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 29,73 soniya natija bilan bronza medaliga ega chiqdi.

SHuningdek, erkaklar o'rtasida F46 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan vakilimiz Musulmonqul Axmedov 12,07 metr natija qayd etdi va bronza medali sohibi bo'ldi.

SHuni alohida takidlash lozimki, Izzat Turg'unov hamda Asila Mirzayorova o'zlarining asosiy yo'nalishi hisoblangan uzunlikka sakrashdan tashqari birinchi marta yugurish bahslarida ham ishtirok etdi va ijobiy natijalar ko'rsatdi.

SHu tariqa delegaciyamiz  “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Prisini 17 ta medal bilan yakunladi. SHulardan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza.

Oltin 

Izzat Turg'unov (2ta)

Mahliyo Akramova (1ta)

Doniyor Axmedov (1ta)

Yoqutxon Xolbekova (1ta)

SHaxboz Rajabboev (1ta)


Kumush

Doniyor Axmedov (2ta)

Xayrullo Madaminov (1ta)

Jasur Xo'jaev (1ta)

Asila Mirzayorova (1ta)


Bronza

Jamoliddin Akobirov (2ta)

Asila Mirzayorova (2ta)

Yoqutxon Xolbekova (1ta)

Musulmonqul Axmedov (1ta)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing