So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

04 jan 10:25
Yangiliklar

Engil atletika

Para engil atletikachilarimiz licenzion musobaqada ishtirok etishadi

10-14 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida para engil atletika bo'yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi xalqaro Gran-pri turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu yirik musobaqada terma jamoamiz azolari ham ishtirok etadi.

Milliy terma jamoa azolari mahalliy ob-havo sharoitiga moslashgan holda musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishi uchun 2021 yil 4 yanvardan 7 fevralga qadar BAAning Dubay shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishi rejalashtirilgan. Bugun tunda para engil atletika bo'yicha terma jamoamiz delegaciyasi Dubayga jo'nab ketadi.

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev nufuzli musobaqaga katta maqsadlar bilan yo'l olayotgan sportchilarimiz bilan uchrashdi. Bu haqda O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda ishtirok etgan MOQ rahbari sportchilarimizni kirib kelgan Yangi yil bayrami bilan qutlar ekan, bo'lajak musobaqalarda atletlarimizga omad va zafarlar tiladi. O'z navbatida milliy terma jamoa sportchilari yaratib berilayotgan barcha sharoit hamda yuksak etibor va g'amxo'rlik uchun avvalo yurtboshimiz SHavkat Mirziyoevga, qolaversa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya associyasi rahbariyatiga o'z minnatdorligini bildirishgan holda ushbu yuksak ishonchni ajoyib g'alabalari bilan oqlashga vada berishdi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kungacha 16 nafar paralimpiyachimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishgan.

Dubayga yo'l olayotgan delegaciya azolari:

Sportchilar:

1. Ahmadxonova Dilafro'z

2. Soliev Doniyor

3. Norbekov Husniddin

4. Rexsimov Muhammad

5. Omonov Bobur

6. Ahmedov Musulmonqul

7. Hakimova Kubaro

8. Saidxodjaev Farrux

9. Xolbekova Yoqutxon

10. CHevarov Bekjon

11. Mirzayorova Asila

12. Saxatov Miran

13. Turg'unov Izzat

14. Giyazov Timur

15. Hasanov Omad

16. Ergasheva Roziya

17. Sultonov Elbek

18. Qurbonova Nurxon

19. Hamdamova Moxigul

20. Semyonova Natalya

21. Odilov Yorqinbek

22. Abduhakimov Abdulazizxon

23. Ahmedov Doniyor

24. Murodullaev Marufjon

25. Suxanova Sabina

26. Xodjaev Jasur

27. Xusanova Nigina

28. G'oibnazarov Mansur

29. Rajabov Nasimjon

30. Adhamova SHaxnoza

31. Normetov Sanat

32. Sotimova Muqaddas

33. Nematova Munira

34. Rajabov Rustam

Murabbiylar: Abduholiqov Sardor, Kazakova Galina, Haydarov Mavlon, Yakubov Yahyo, Normatov Aziz, Maqsudov Muhammad, Retunskiy Andrey, Mirzayorov Abduvohid, Ummatov Husniddin

Massajchilar: Turabov Doston, Quranbaeva Dilafro'z

SHifokor: Azimov Sanjar

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing