So’nggi yangiliklar

19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0

19 iyu 10:07
Yangiliklar

Engil atletika, Olimpiya o'yinlari

Para engil atletikachilarimiz yorug' yuz bilan Vatanga qaytishdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Para engil atletika
Parijdagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi yurtimizga qaytib keldi.

Hafta qahramonlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, qo'mita mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Dunyoning 103 ta mamlakatidan 1206 nafar para atlet ishtirok etgan bu galgi dunyo birinchiligi terma jamoamiz azolari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Matonatli paralimpiyachilarimiz ushbu musobaqada 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 17 ta medal qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida sayyoramizda 8-o'rinni egallashdi.

Taqqoslash uchun, para atletlarimiz 2019 yilda BAAda o'tkazilgan jahon chempionatida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal qo'lga kiritishgan edi.

Yana bir etiborli jihati, bu galgi jahon chempionatida 5 nafar sportchimiz - Doniyor Saliev, Izzat Turg'unov va Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahslarida, yadro uloqtirishda Bobur Omonov, nayza uloqtirishda esa Nurxon Qurbonova jahon rekordini yangilashdi. Bundan tashqari terma jamoaning ko'plab sportchilari o'z shaxsiy rekordlarini ham aynan Parijdagi jahon chempionatida o'rnatishdi.

Eng muhimi, 19 nafar para atletimiz kelgusi yil aynan Parij shahrida bo'ladigan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri licenziyani ham qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing