So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

24 okt 08:18
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Para Osiyo o'yinlari. Ikkinchi kunni yuqori notada boshladik

Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasining matonatli sportchilari musobaqaning ikkinchi kungi bahslarini sermahsullik bilan boshlashdi. Qandaydir bir soat ichida 3 ta oltin va 3 ta kumush medal qo'lga kiritildi.

Para kanoe bo'yicha erkaklar o'rtasida KL3 klassida hamyurtimiz Hasan Qo'ldoshev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo'lib etib keldi va terma jamoamizga bugungi kunning ilk oltin medalini taqdim etdi. 

Para kanoe bo'yicha ayollar o'rtasida KL3 klassida o'tkazilgan bahslarda SHahnoza Mirzaeva 50.680 soniya natija bilan delegaciyamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni qo'shib qo'ydi. 

Erkaklar o'rtasida VL3 klassida o'tkazilgan musobaqada esa Haytmurod SHerqo'ziev 49.345 soniya natija bilan navbatdagi oltin medalga ega chiqdi. 

Para engil atletikaning ayollar o'rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova 43.36 metr natija bilan kumush medalni qo'lga kiritdi.

Para engil atletikaning ayollar o'rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nataliya Semyonova 17.40 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. 

Para engil atletikaning F54 klassida ayollar o'rtasida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan Nurxon Qurbonova esa 7.34 metr natija bilan kumush medalni o'ziniki qildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing