So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

21 sen 13:00
Yangiliklar

O'q otish, Og'ir atletika, Boshqalar, Tokio-2020

Paralimpiya o'yinlari g'oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risida O'zbekiston Prezidentining farmoyishi imzolandi

Teglar :  ParalimpiyaMukofot
Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tgan XV yozgi Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi imzolandi.


Farmoyish 2016 yilning 19 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi SHavkat Mirziyoev tomonidan imzolandi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o'rtasida Paralimpiya harakatini targ'ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tgan XV yozgi Paralimpiya o'yinlarida munosib ishtiroki, jasorat, matonat va mardlik namunasini ko'rsatib, yurtimizning xalqaro maydondagi obro'-etibori va nufuzini yanada yuksaltirishga salmoqli hissa qo'shgani uchun hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-son qaroriga muvofiq:

1. Quyidagi sportchilar biryo'la to'lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:

oltin medal olgani uchun har biri 200 000 AQSH dollari bilan:

  Namozov SHerzod Nasimovich – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Nigmatov Utkirjon Ismatillo o'g'li – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Tulendibaev Adiljon Rishatovich – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Norbekov Xusniddin Kilichboevich – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Svechnikov Aleksandr Vladimirovich – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Kayumova Nozimaxon Nomonjonovna – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Musabekov Firdavsbek Ulug'bek o'g'li – suzish bo'yicha terma jamoa azosi;

  Amilova Fotimaxon Ravshanbek qizi suzish bo'yicha terma jamoa azosi;


kumush medal olgani uchun xar biri 100 000 AQSH dollari  bilan:

  Alimova Xaytjon Abdulla qizi – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Burxonova Safiya Kaimovna – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Odilova Muslima Ulug'bek qizi – suzish bo'yicha terma jamoa azosi;

  Pankov Kirill Dmitrievich – suzish bo'yicha terma jamoa azosi;


bronza medali olgani uchun har biri 75 000 AQSH dollari bilan:

  Boboev SHuxrat SHonazarovich – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Saidov Feruz Beshimovich – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  SHaripov SHirin Xomitovich – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Salaeva Sevinch Odambay qizi – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Raximova Gulruh Ilxambekovna – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Nurmetova Tursunpashsha Baxramovna – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

  Saliev Doniyor Nurulla o'g'li – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Bozorov Axror Botirovich – pauerlifting bo'yicha terma jamoa azosi;


  Tursunxo'jaev Muzaffar SHuxratillo o'g'li – suzish bo'yicha terma jamoa azosi;

  Xorlin Dmitriy Sergeyevich – suzish bo'yicha terma jamoa azosi;

  Toshpulatova SHoxsanamxon  Dilshodbek qizi – suzish bo'yicha terma jamoa azosi;

  Ibragimov Server Yusufovich – o'q otish bo'yicha terma jamoa azosi;

  Saxatov Miran Miryunusovich – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Xamraev Faxriddin Farxodovich – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

  Abdurashidov Mansur Samat o'g'li – engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi.

Farmoyishga ko'ra, Pul mukofotlarini to'lash O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSH dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag'lari o'z vaqtida ajratilishini taminlab, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag'larni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo'yicha belgilangan tartibda konvertaciya qilinadi.

XV Paralimpiya o'yinlari qatnashchilari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali engil avtomobillari bilan mukofotlanadi.

Mazkur farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan engil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi.


Reyting:    

Fikrlar

   
21 sen 22:00:28
kamolhon
Ферузага кумуш ва бронзага хам берилса янада аъло иш буларди. Аммо шунисига хам шукур. 32 спортчидан 31 медаль бу сенсация. 97 фоиз ютган бу хеч кайси давлатда йук. Олга Узбекистон!!!
   
21 sen 21:57:12
kamolhon
Давлатимизга рахмат спортчиларимиз хам.
   
21 sen 21:23:29
sinchiklab kuzatuvchi
Raxmat davlatimizga. Sportchilarimiz matonat körsataverishsin. Raxmat xammasi uchun.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing