So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

31 may 17:46
Yangiliklar

Boshqalar

Paralimpiya: O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqadi

Teglar :  Paralimpiya
Xabaringiz bor, shu yil 25-26 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Para dzyudo bo'yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi xalqaro Gran-Pri musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa davomida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi delegaciyasi azolari Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo'mitasi rahbariyati bilan uchrashdi. Jumladan, O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi bo'lim boshlig'i o'rinbosari SHaxboz Ismoilov Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Ilgar Rahimov hamda bosh kotibi Kamal Mammadov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida Paralimpiya harakatini ommalashtirish va rivojlantirishda o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ikki qardosh mamlakat sportchilari o'rtasida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etish va bu boradagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi.

Do'stona muloqot ruhida kechgan uchrashuv yakunida tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikning aniq yo'nalishlari belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing