So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

03 fev 15:30
Yangiliklar

Boshqalar

Paralimpiya: Parij sari yo'l

Teglar :  Paralimpiya
Bu ishtirokchilarning aksariyati mamlakatimiz chekka xudularidan kelgan va ular o'z imkoniyatlari qanday namoyon etishni ham bilmagan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 may kuni imzolagan “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi hamda 2021 yil   5 noyabr kuni imzolagan “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga o'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Qarorlari ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tomonidan navbatdagi “Parij sari yo'l” loyihasining dastlabki  bosqichi  amalga oshirildi. Loyihaning ahamiyatli jihati shundaki, u har bir ishtirokchida kelajakga umid ko'zi bilan qarashni,mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun etarli sharoit borligini namoyon etdi. 

Ilk bosqichda nanizm kasalligiga chalingan insonlar orasida paralimpiya sportiga qiziqishi bo'lgan 150 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz Toshkent shahriga tashrif buyurishdi va ular  dastlab maxsus tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi. 

So'ngra ishtirokchilar guruhlarga bo'lingan holda para pauerlifting, para engil atletika va para suzish sport turlarida o'zlarini sinab ko'rishdi. Murabbiylar aynan mana shu ko'rik davomida har bir ishtirokchining imkoniyati qaysi paralimpiya sport turiga mos tushishi bo'yicha xulosaga kelib, ularni ushbu sport turi bo'yicha muntazam mashg'ulotlarga jalb etadi.

Quvonarlisi ishtirokchilar orasidan ayrimlari xatto Osiyoda rekord ko'rsatkichni qayd etgan sportchilar bilan tenglasha olishi mumkin ekanliklarini o'zlari ham bilmagan. 

Yurtdoshlarimiz o'z hayotida  yangi sahifa ochilayotganligini ushbu tadbir orqali  his etdilar va yurtboshimiz g'amxo'rliklaridan ular ham chetda qolmaganliklarini dildan tuydilar.

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi bu kabi saralash tadbirlarini kelgusida ham davom ettirishni rejalashtirgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing