So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

25 may 23:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Paralimpiya qo'mitasining ilk assambleyasi o'tkazildi

Bugun poytaxtimizdagi O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasida tashkilotning Bosh Assambleya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Onlayn tarzda o'tgan anjumanda Bosh vazir o'rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi R.SHoabdurahmonov, Paralimpiya qo'mitasi rahbariyati, xodimlari, murabbiy va sportchilari, qo'mitaning viloyat bo'limlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 18 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorni imzolagan edi.

Hujjatga ko'ra, O'zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taminlash va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan.

Assambleya kun tartibiga 3 ta masala kiritildi. Unga ko'ra, Milliy paralimpiya qo'mitasini tashkil etish, uning Ustavini tasdiqlash va qo'mitasi rahbariyatini saylash masalalari ko'rib chiqildi.

Dastlab Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov so'zga chiqib, paralimpiyachilarimizning Rio-2016da qo'lga kiritgan yutuqlarini etirof etib, qaror Tokio-2020 Paralimpiadasi arafasida o'z vaqtida qabul qilinganini, jismoniy imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat miqyosidagi yuksak ahamiyat qaratilayotganini, aholini sog'lomlashtirishga qaratilgan “Sport hamma uchun” loyihasi yanada keng ko'lam kasb etayotganini takidladi.

SHundan so'ng, delegatlar ishtirokida Assambleyaning asosiy masalalari ko'rib chiqildi. Anjumanni olib borgan O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasi raisi o'rinbosari SH.Mo'minjonov mamlakatimizda Paralimpiya harakati yangi bosqichga ko'tarilayotgani, bu borada qarorda belgilab qo'yilgan bir qator ishlarni amalga oshirilish lozimligi haqida gapirib o'tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan qo'mita ustavi delegatlar tomonidan bir qator tuzatish va takliflar kiritilgan holda to'ldiriladigan bo'ldi. Ayni paytgacha ishlab chiqilgan ustav asos sifatida bir ovozdan qabul qilindi.

Qo'mita rahbarligiga shu paytgacha O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan M.Tashxadjaev nomzodi ko'rsatildi. Uning rahbarligida associaciyada o'tgan ikki yil davomida ko'plab sport natijalariga erishilgani alohida takidlandi.

Jumladan, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan para-engil atletika bo'yicha terma jamoa azosi Muhammad Rixsimov, para-kanoechi SHahnoza Mirzaeva va para-taekvondochi Zuhriddin Tohirovlar so'zga chiqib, nomzodga o'z munosabatlarini bildirib o'tishdi. Qo'mita raisligiga ko'rsatilgan nomzod bir ovozdan maqullandi.

Malumot o'rnida shuni aytib o'tish lozimki, ayni damda 29 nafar o'zbekistonlik paralimpiyachi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHulardan 15 nafari para-engil atletikachi, 7 nafari para-suzuvchi, 3 nafari para-kanoe ustasi, 3 nafari para-taekvondochi, 1 nafari o'q otuvchi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing