So’nggi yangiliklar

12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0

05 mar 18:37
Yangiliklar

Paralimpiya

Paralimpiya. “Xotin-qizlar kubogi” musobaqasi tashkil etildi

Teglar :  Paralimpiya
O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida gender tengligini taminlash, ayollarni Paralimpiya sport turlariga jalb etish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, hozirgi paytda O'zbekiston Paralimpiya terma jamoalari azolarining 40 foizini ayollar tashkil etadi. Ayniqsa, para engil atletika, para pauerlifting, para taekvondo, para suzish, para dzyudo kabi sport turlarida o'zbekistonlik ayollar yuqori o'rinlarni egallab kelishmoqda.

2021 yil Tokioda bo'lib o'tgan XVI yozgi Paralimpiya o'yinlarida 10 nafar ayol para sportchi g'olib va sovrindor bo'ldi. Bu esa O'zbekiston delegaciyasi tomonidan qo'lga kiritilgan jami medallarning 60 foizini tashkil qiladi.

Guljanoy Naimova, Ro'za Qo'zieva, SHaxnoza Mirzaeva, Mohigul Hamdamova, Nurxon Qurbonova, Asila Mirzayorova, Sofiya Burxanova kabi ayol para sportchilarning xalqaro arenalarda qo'lga kiritayotgan yutuqlari O'zbekistonda nogironligi bo'lgan ayollarga motivaciya berib, ularni Paralimpiya sport turlariga jalb etishda namuna bo'lib xizmat qilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, yurtimizda nogironligi bo'lgan ayollar o'rtasida Paralimpiya harakatini yanada ommalashtirish, ularni para sport turlariga keng jalb qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi hamkorligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan joriy yilning 4 mart kuni poytaxtimizda joylashgan INNO o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida “Xotin-qizlar kubogi” musobaqasi o'tkazildi. Ananaviy tarzda tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin kar va zaif eshituvchi, tayanch harakat azolari shikastlangan va aravachada harakatlanuvchi hamda zaif ko'ruvchi va ko'zi ojiz xotin-qizlar sportning para shaxmat hamda para stol tennisi turlari bo'yicha o'zaro g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa yakunida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. SHuningdek, musobaqada qatnashgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

SHuningdek, ushbu tadbir doirasida “Matonat marafoni” ham o'tkazildi. Unda o'z sohalarida yuqori natijalarga erishgan nogironligi bo'lgan xotin-qizlar musobaqa ishtirokchilariga o'zlarining muvaffaqiyat yo'llari haqida so'zlab berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing