So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

03 dek 18:53
Yangiliklar

Tadbirlar

Paralimpiyachilarimiz uchun yulduzlar ishtirokida tashkil etilgan bayram tadbiridan FOTOREPORTAJ

Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami doimo hukumatimiz etiborida bo'lib kelgan.

Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Paralimpiya sportchilari uchun katta bayram dasturi tashkil qilindi.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov hamda har ikki tashkilot mutasaddi rahbarlari, O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, shuningdek, keng sport jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni Aziz Abduhakimov ochib berar ekan, para-atletlarimizga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.

“Sizlar doimo barchaga yuksak iroda namunasi sifatida etirof etib kelingansiz. Muhtaram Prezidentimiz ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib keladi. Bu borada alohida qonun ham qabul qilingan. Mazkur qonunni haqli ravishda milliy qonunchilikning yutug'i, deb baholash mumkin. CHunki ilk bor nogironlik ijtimoiy yoki tibbiyot muammosi emas, balki birinchi navbatda inson huquqlarining muammosi sifatida tariflandi. Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yo'lga qo'yishda ham har bir ijtimoiy qatlamga etibor qaratilmoqda. Xalqimiz para-atletlarimizning Rio-2016 o'yinlaridagi qahramonligini unutgani yo'q. Sizlardan Tokioda ham ana shunday ulkan muvaffaqiyatlar kutib qolamiz. Fursatdan foydalanib, metin irodali, yuksak matonat sohiblari bo'lgan Siz azizlarni bugungi sana bilan yana bir bor muborakbod etaman”, – dedi Aziz Abduhakimov.

SHundan so'ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Uni “Samo” bolalar xor ansambli davlatimiz madhiyasi sadolari bilan boshlab berdi. SHundan so'ng, elimiz suygan sanatkorlar – O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artistlar Jenisbek Piyazov, Rashid Xoliqov, Alisher Fayz, Ziyoda, Rayhon kabi qo'shiqchilarning Paralimpiya terma jamoamiz vakillari bilan sahnalashtirilgan chiqishlari, raqs ansambli vakillari va yosh baletchilarning chiqishi tadbir ishtirokchilari uchun bir olam quvonch hadya etdi.

“Biz doimo hukumatimizning qo'llab-quvvatlashini his qilib kelganmiz. Bugun tashkil qilingan bayram ham buning yaqqol isboti bo'lib turibdi. Farzandlarim bilan tadbirni tomosha qilib, miriqib hordiq chiqardik. Fursatdan foydalanib, jamoadoshlarimni bugungi bayram bilan tabriklab qolaman. Bayram dasturi tashkilotchilariga o'zimizning cheksiz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz”, – dedi Paralimpiya o'yinlari g'olibi Husniddin Norbekov.

Fursatdan foydalanib, Paralimpiya terma jamoamiz vakillarini bugungi bayram bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing