So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

09 okt 08:19
Yangiliklar

Suv sporti turlari, Osiyo o'yinlari

Paraosiyo o'yinlari. Suzuvchilarimizdan ketma-ket beshta medal!

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari davom etmoqda.

Bungacha dzyudo, engil atletika, pauerliftingchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida xabar qilgandik. Endi esa suzuvchilarimiz terma jamoamizga ketma-ket medallar shodasini taqdim etishdi. 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida erkaklar o'rtasida shohsupadan bizning sportchilar o'rin olishdi. 

Islam Aslanov marraga birinchi bo'lib etib keldi va oltin medal qo'lga kiritishi barobarida Paraosiyo o'yinlari rekordini ham o'rnatdi. Undan keyingi o'rinlarni mos ravishda Muzaffar Tursunxo'jaev va Dmitriy Xorlinlar egallashdi. Huddi shu yo'nalishning ayollar o'rtasidagi bahslarida Fotimaxon Omilovaga teng keladigan raqib topilmadi. Kumush medalga esa SHohsanamxon Toshpo'latova ega chiqdi.

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining Paraosiyo o'yinlaridagi medallari soni 20taga etdi. Ularning 12tasi oltin medal ekanligini alohida qayd etish lozim. Kumush medallar soni 5ta bo'lsa, hamyurtlarimiz yana 3ta bronza medallariga sazovor bo'lganlar.

Medallar jamg'arish reytingida O'zbekiston terma jamoasi Xitoy va Janubiy Koreyadan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing