So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

15 sen 18:44
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Parasuzish. SHoxsanam Toshpo'latova jahon chempioni bo'ldi

Teglar :  Toshpo'latova
Avval xabar berganimizdek shu kunlarda Londonda para suzish bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Kecha ayollar o'rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslari bo'lib o'tdi. Etiborlisi, hamyurtimiz SHoxsanam Toshpo'latova finishga hamma raqiblarini ortda qoldirgan holda etib keldi va terma jamoamiz hisobiga ushbu jahon chempionatidagi ilk oltin medalni yozdirib qo'yishga erishdi. Alohida qayd etish lozimki, SHoxsanam finishga kelish uchun bor yo'g'i 1 daqiqayu 3,89 soniya sarfladi. Bu esa yangi Osiyo rekordi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, SHoxsanam Toshpo'latova bundan 100 metrga erkin usulda suzish bo'yicha bronza medaliga sazovor bo'lgan edi.

Ayollar. 100 metrga batterflyay usulida suzish:

1. SHoxsanam Toshpo'latova (O'zbekiston) – 1:03.89;

2. Karlotta Gilli (Italiya) – 1:03,95;

3. Rebekka Meyers (AQSH) – 1:04,41;


Islom Asanov ham terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medalni qo'shib qo'ydi. 

Erkaklar. 100 metrga batterflyay usulida suzish:

1. Ixar Boki (Belarus) – 53.95;

2. Islom Aslanov (O'zbekiston) – 55.99;

3. Oleksiy Virchenko (Ukraina) – 57.38;


Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida terma jamoamiz sharafini 7 nafar sportchi himoya qilmoqda. Hozirgacha hisobimizda 1ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza – jami 6 ta medal mavjud:

SHoxsanam Toshpo'latova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;

Islom Aslanov – 2 ta kumush;

Firdavs Musabekov – 1 ta kumush

Nigora Mirzoxidova – 1 ta bronza

Malumot uchun, 60 dan ortiq mamlakatdan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etayotgan ushbu turnirda hozircha O'zbekiston terma jamoasi 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida 20-o'rinni egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing