So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

18 iyu 19:28
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Parij-2024: Olimpiya shaharchasi va sport obektlariga sayohat

Teglar :  Parij-2024Olimpiada
SHu kunlarda Franciya poytaxtida Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarining tashkiliy masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tmoqda.

Uning navbatdagi kunida mehmonlar uchun Olimpiya shaharchasi va bir qator sport obektlari bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

Tokio-2020 Olimpiadasidagi shaharchada maksimal darajada tejamkorlikdan foydalanish uchun yotoqlar kartondan (baquvvat qog'oz materiallar) ishlangan edi. Franciyaliklar ham ushbu ananani davom ettirishmoqda. Tokiodagidan farqli o'laroq, shaharcha ichidagi xonalar va atletlarning mashg'ulot zallari nisbatan keng va katta. 

SHaharcha Sena daryosi bo'yida qurilib, uning har ikki qirg'og'ini egallab oladi. Daryodan o'tish uchun maxsus ko'prik quriladi. Har ikki daqiqada turli sport obektlari tomon harakatlanadigan avtobuslar yo'lga qo'yiladi. Avval kinematografiya paviloni bo'lgan ulkan maydon O'yinlar davomida oshxona vazifasini bajarib beradi. 

SHubhasiz, shaharcha katta hududni o'z ichiga oladi. Turli chekkalarga tezroq etib borish uchun tashkiliy qo'mita azolariga samokat, mehmonlarga velosiped xizmatlari taqdim etiladi.

Olimpiya obektlari bo'yicha ham bir qator jihatlarni sanab o'tish mumkin. Asosiysi Parij-2024 eng kam obektlar qurilgan Olimpiada sifatida tarixga kirmoqda. Bu esa davlat byudjetidan katta miqdorda pul ajratilib, hozirda qarovsiz yotgan Afina-2004, Rio-2016 kabi Olimpiadalarning obektlari kabi qarovsiz qolib ketishining oldini oladi. 

Bo'lajak mezbonlar suv sporti turlari uchun 15 220 kishiga mo'ljallangan yangi havza, shuningdek, 8000 tomoshabinni o'z ichiga oladigan, O'yinlar davomida badminton hamda badiiy gimnastika bahslarini qabul qiladigan ikkita arenani yangidan qurgan xolos. 

Musobaqalarning aksariyat qismida ko'rgazma zallaridan foydalaniladi. Ekskursiya davomida bu bo'yicha batafsil malumot berildi. 2024 yilning may oyidan binolarni jihozlash ishlari boshlanadi va qarabsizki, zallar bir necha hafta ichida dunyoning eng kuchli sportchilarini qabul qiladigan sport obektiga aylanadi. 

Yana bir qiziq tomoni, bazi sport turlarining ikki xil obektlarda o'tishi. Jumladan, boks bellashuvlari “Arena Paris Nord” ko'rgazmasining maydonida tashkil etilsa, hal qiluv janglar 34 000 kishini sig'dira oladigan “Rolan Garros stadioni"da o'tadi.

Tadbir davomida O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Olimpiya o'yinlaridan avval Parijda bir qator sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing