So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

17 fev 16:07
Yangiliklar

Boshqalar

“Parij sari yo'l” selekcion Respublika turnirining navbatdagisi dzyudo bo'yicha tashkil etildi

Teglar :  Paralimpiya
So'nggi yillarda yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash hamda ommaviy sport targ'ibotiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Etiborlisi, bu jarayondan paralimpiya sport turlari ham chetda qolayotgani yo'q.

Xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 2021 yilning 18 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Paralimpiya harakatini rivoj-lantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaror mamlakatimizda Paralimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. 

Hurmatli Prezidentimizning 2021 yil 5 noyabrda imzolagan “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga o'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi 5281-sonli qarori ijrosini sifatli tashkil etish maqsadida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi bir qator chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan. 

Jumladan, mamlakatimizda zaif ko'ruvchi va ko'zi ojiz insonlar orasidan sportga qiziqishi va layoqati bo'lganlarni saralab olib, yaqin kelajakda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan professional sportchilar tayyorlash ham ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

17-18 fevral kunlari respublikamizning barcha xududlaridan para dzyudoga qiziqishi bo'lgan 150 nafardan ortiq zaif ko'ruvchi va ko'zi ojiz insonlar Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Saralash tadbirining ochilish marosimida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi rahbariyati, trenerlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Poytaxtga tashrif buyurgan ishtirokchilar dastlab maxsus tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va ular orasidan para dzyudo sport turiga iqtidori bo'lganlar saralab olinadi  va ular ushbu sport turi bilan muntazam shug'ullanishga yo'naltiriladi.

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining bu kabi saralash tadbirlari davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing