So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

04 fev 10:40
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Pekin-2022. Ochilish marosimida bizni nimalar kutmoqda?

Teglar :  Pekin-2022
Bugun XXIV qishki Olimpiya o'yinlari rasman start oldi.

Bir necha soatlardan so'ng esa Pekin milliy stadionida 2022 yilgi Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar zamonaviy texnologiyalar yordamida sahnalashtirilgan qiziqarli  va maxsus effektli ochilish marosimini vada qilishmoqda.

Yodingizda bo'lsa bundan 14 yil avval Xitoyda yozgi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tgan edi. O'shanda ochilish marosimi o'zining ko'lami va yorqinligi bilan muxlislarni lol qoldirgandi. Bu safar tashkilotchilar nimalarni vada qilishmoqda? Ochilish marosimi qaerda va qachon bo'lib o'tadi? Bu haqida biroz so'z yuritamiz.

Tig'iz taqvim tufayli Olimpiadada individual yo'nalishlar bo'yicha bellashuvlar 2 fevral kuni start oldi, rasmiy ochilish marosimi esa 4 fevral kuniga belgilangan. 

Tadbir 2008 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari ochilish marosimi o'tkazilgan – "Qush uyasi" nomi bilan mashhur bo'lgan Pekin milliy stadionida bo'lib o'tadi.  

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. O'zbekistonda ushbu tadbirni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etishi rejalashtirilgan. Ochilish marosimi bir yarim soat davom etishi kutilmoqda.


2022 yilgi Olimpiadaning ochilish marosimida nimalar sodir bo'ladi?

Tadbir dasturi qatiy ravishda sir tutilgan bo'lsada,  tashkilotchilar marosimning bazi tafsilotlari haqida gapirib berishdi. 2008 yilgi O'yinlarda bo'lgani kabi, uchta "Oskar" mukofotiga nomzod bo'lgan rejissyor CHjan Imou marosimni boshqaradi.

Afsuski, koronavirus tufayli ochilish marosimi spektakli 2008 yildagidek tomoshabinlar soni bo'yicha unchalik katta bo'lmaydi. O'shanda spektaklga 15 ming aktyor jalb qilingan bo'lsa, hozir bor-yo'g'i uch ming nafar aktyor tadbirda ishtirok etadi. Ammo tashkilotchilar bu holatni zamonaviy texnologiyalar va hayajonli maxsus effektlar yordamida qoplanishiga vada berishmoqda.

"Olimpiya mashalasini yoqish - butun harakatning yakuni hisoblanadi. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish va atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish scenariysiga katta etibor qaratilmoqda", - deya takidladi CHjan Imou.

Marosimning asosiy mavzulari ekologiya, dunyo tinchligi, olimpiya tamoyillari, asosiy tushuncha esa insoniyat taqdiri mushtarakligidir. SHu bois, Imouning fikricha, Pekin Olimpiadasi tejamkor, xavfsiz va rang-barang bo'ladi. Olimpiadaning ochilish marosimi sanasi Xitoyda qishloq xo'jaligi mavsumining boshlanishiga to'g'ri keladi, bu «lichun», yani «bahor boshlanishi» degan manoni anglatadi. Marosim davomida bu mavzu ham ochib beriladi. Tashkilotchilar vada qilayotgan asosiy narsa shundaki, shou O'yinlarning "Birgalikda umumiy kelajak uchun" shioriga mos keladi.

2022 yilgi Olimpiadaning ochilish marosimida kimlar ishtirok etadi?

Rangli shou dasturidan tashqari milliy terma jamoalarning ananaviy paradi ham bo'lib o'tadi. Unda 95 davlatdan kelgan sportchilar ishtirok etishadi. Olimpiadada Butunjahon antidoping agentligining sankciyalari tufayli rossiyaliklar Rossiya olimpiya qo'mitasi (ROC) nomi bilan qatnashadi. Ochilish marosimida Rossiya terma jamoasi ROQ bayrog'i ostida maydonga chiqadi.

Tadbirda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlarning davlat rahbarlari ishtirok etishi ham rejalashtirilgan. Albatta, Xitoy rahbari Si Szinpin marosimda qatnashadi.. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ham ushbu marosimda ishtirok etishi malum bo'lgandi. SHuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Xitoyga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Misr, Polsha, Serbiya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Argentina, Kambodja, Saudiya Arabistoni, Lyuksemburg, Monako va boshqa davlat rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Ochilish marosimida XOQ prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh, BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Abdulla SHaxid, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhan Gebreesus va boshqalar qatnashishi kutilmoqda.

Biroq Evropa va SHimoliy Amerika davlatlarining qator etakchilari Pekinga bormaydi. Bazi mamlakat rahbarlari diplomatik boykot tufayli, bazilari esa koronavirus bilan bog'liq og'ir vaziyat sababli buni rad etishgan.

Bugun soat 17:00 da boshlanadigan XXIV qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimini aslo o'tkazib yubormang. To'rt yillikning nufuzli musobaqasi bo'lgan oq Olimpiadaning tarixiy jarayoniga o'zingiz guvohi bo'ling.


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing