So’nggi yangiliklar

10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0

16 jan 13:41
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Pekin-2022 Olimpiadasi haqida umumiy malumotlar. Vaqti, translyaciya va o'zbekistonlik sportchi

Teglar :  Pekin-2022
Pekinda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi Qishki Olimpiya o'yinlariga oz vaqt qoldi.

Koronavirusning yangi to'lqini va Olimpiadani bekor qilish borasidagi diplomatik boykotlarga qaramay, Olimpiya o'yinlari bekor qilinmaydi.

Medallar qachon va qanday o'ynaladi? Qishki Olimpiya o'yinlari dasturga qanday sport turlari qo'shildi? Xitoy qanday muammolarga duch keldi? Ushbu maqola orqali mana shunday savollarga javob beramiz.

Olimpiya o'yinlari qachon bo'lib o'tadi? 

Bir yilga ko'chirilgan Tokio-2020 Yozgi Olimpiya o'yinlaridan farqli o'laroq, Pekin-2022 o'z vaqtida bo'ladi. Kechiktirish masalasi bir necha bor ko'tarilgan bo'lsada,  Xitoy rasmiylari va XOQ musobaqa o'z vaqtida o'tkazilishiga ishonch bildirishmoqda.

Tashkiliy qo'mita Anyan shahrida lokdaun elon qilinganiga munosabat bildirish orqali o'zini sug'urta qilgan bo'lsa ham (5,5 million kishi) “omikron” shtammi bilan kasallanishning eng yomon holati qayd etilsa, O'yinlar jadvalida o'zgarish bo'lishi mumkinligini takidlashdi.

Olimpiya o'yinlarining ochilish marosim 2008 yilgi Yozgi Olimpiadanig ochilishiga mezbonlik qilgan Pekindagi Milliy stadionda bo'lib o'tadi. «Qush uyasi» deb nomlangan ushbu arena barchamizga yaxshi tanish. Ochilish marosimi 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Musobaqa doimgidek, ochilish marosimidan oldin start oladi: Kyorling bo'yicha bahslar 2 fevralda, xokkey va frictayl bellashuvlari esa 3 fevralda boshlanadi. Figurali uchish bahslarining starti (jamoaviy bahs) 4 fevral kuniga belgilangan . Birinchi medallar jamlanmasi 5 fevral kuni quyidagi sport turlarida o'ynaladi: biatlon, konkida uchish, chang'i poygasi, tramplindan sakrash, fristayl va short-trekda.

O'zbekistonda qishki Olimpiya o'yinlari namoyish etiladimi?

To'rt yillikning eng yirik musobaqasini MTRK sotib oldi va endilikda o'zbekistonlik qishki sport muxlislari ham bo'lajak Olimpiya o'yinlarini jonli efirda ko'rish imkoniga ega bo'lishadi.

Pekinda bo'lib o'tadigan XXIV qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini hamyurtimiz Komil To'xtaev himoya qiladi. U tog' chang'i musobaqalarida ishtirok etadi.

Olimpiada musobaqalari qaerda bo'lib o'tadi - shaharlar va arenalar?

Olimpiada bahslari uchta hududda joylashgan 15 ta arenada o'tkaziladi: Pekin CHjanczyakou va Yancin shaharlarida.

Pekinda xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling, konkida uchish va fristayl bo'yicha musobaqalar o'tkazilishi kutilmoqda. CHjanczyakouda - chang'i, tramplindan sakrash, biatlon, snoubord va fristaylning erkin turlari bo'yicha. Yancinda tog' chang'isi, bobsley va chang'i sporti bo'yicha bahslar bo'lib o'tadi.

Sportchilarning obektlarga etib borishi va o'z xonalariga qaytishi uchun qulaylik yaratish maqsadida har bir viloyatda alohida olimpiya qishlog'i (jami uchtasi bor) qurilgan. CHang'i poygasi bellashuvlaridan so'ng sportchilar chang'i bilan qishloqqa tushishlari uchun mo'ljallangan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing