So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

13 okt 07:06
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Pekin-2022: Qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik muhokama qilindi

Milliy olimpiya qo'mitasi oldida terma jamoalarimizni nafaqat yozgi Osiyo va Olimpiya o'yinlari, balki, qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorlash ham asosiy vazifalar doirasiga kiradi.

Kecha MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi, O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi, O'zbekiston xokkey federaciyasi vakillarining Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi masalalariga bag'ishlangan onlayn yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, shuningdek, qishki sport turlari bo'yicha bir qator malakali mutasaddilar ishtirok etishdi.

Uchrashuv kun tartibidan Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik, bu borada olib borilayotgan ishlar, qaysi yo'nalishlarda yo'llanmalar olishimiz mumkinligi, shuningdek, qishki sport turlarini yurtimizda yanada rivojlantirish masalalari o'rin oldi. Uchrashuv ishtirokchilari o'z yo'nalishlari bo'yicha olib borilayotgan ishlar, muammoli vaziyatlar va ularning echimlari xususida to'xtalishdi.

Tadbir davomida MOQ Bosh kotibi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Vaziyat bilan barchamiz yaxshi tanishmiz. Ha, avval ushbu sport turini moliyalashtirish masalasida muammoga duch kelganmiz. Hozir esa hukumatimiz bizni har qachongidan ham kuchli qo'llab-quvvatlamoqda. Biz esa hamjihatlikda o'z ishimizni ko'rsatishimiz lozim”, – dedi Oybek Kasimov.

Suhbatda mutaxassislar Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4583 qaror ijrosiga ham alohida to'xtalishdi. Aytish mumkinki, bu borada olib borilayotgan ishlarning barchasi ham amalda o'z tasdig'ini topmayapti. Onlayn yig'ilish ishtirokchilari kelajakda bu jihatlarga jiddiyroq etibor qaratish, sohadagi kamchiliklarning oldini olish borasida hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi. SHuningdek, har bir mutaxassisdan o'z yo'nalishida mavzuga doir taklif va chora-tadbirlar rejasi taqdim qilinishi so'raldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing