So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

08 sen 08:47
Yangiliklar

Tadbirlar

Pekinda qishki sport turlariga bag'ishlangan yirik onlayn ko'rgazma tashkil qilinmoqda

Qishki sport turlariga qiziqadigan minglab odamlar Pekinda boshlangan Butunjahon qishki sport ko'rgazmasida (WWSE) jamlanishmoqa.

Takidlash joiz, bu yil ko'rgazma tarixda birinchi marta onlayn tarzda o'tkaziladi. Onlayn tashrif buyuruvchilar eksklyuziv jonli ko'rgazmaga qo'yilgan namoyishdan bahramand bo'lishlari mumkin.

WWSE 2016 yilda o'z ishini boshlagandan buyon global qishki sport turlari sanoatidagi eng yirik va obro'li ko'rgazmalardan biriga aylandi. U qishki sport turlari resurslarini birlashtirishni va bu yo'nalish uchun global aloqa kanallarini o'rnatishni maqsad qilgan. 

SHu bilan birga ushbu sohaning mahsulot va xizmat ko'rsatish zanjirini namoyish etadi. Ushbu tadbir Pekinda «Muz va qorda 300 million odam» loyiha doirasidagi tashabbuslardan biridir.

XOQ vice-prezidenti kichik-Xuan Antonio Samaranch shunday deydi: «300 million kishini qishki sport turlari bilan shug'ullanishni rag'batlantirish nafaqat sizning, balki XOQning ham maqsadi. XOQ va Xalqaro qishki sport turlari federaciyalari birgalikda Xitoyni qo'llab-quvvatlaydi. Ko'rgazma buning uchun yaxshi imkoniyat”.

WWSE Xitoydagi eng yirik sakkizta Xalqaro yarmarka va xizmat ko'rsatish tadbirlardan biri bo'ladi.

Ko'rgazma doirasida A pavilonida Pekin Olimpiya o'yinlari Tashkiliy qo'mitasi qishki Olimpiadaga ko'rilayotgan tayyorgarlik masshtabini namoyish etsa, ko'cha sporti uchun anjomlar va Olimpiya texnologiyalari mos ravishda V va S pavilonlarida ishqibozlar etiboriga havola etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing