So’nggi yangiliklar

10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0

18 may 16:15
Yangiliklar

Tadbirlar

Pokiston delegaciyasi vakillari SHHT yig'ilishida qatnashish uchun Toshkentga etib kelishdi

Teglar :  SHHTToshkent
Poytaxtimizda SHanxay Hamkorlik Tashkilotiga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlarining yig'ilishi o'z ishini boshlaydi.

Mazkur yig'ilishda ishtirok etish uchun poytaxtimizga SHHTga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlari Toshkentga kelishni boshladi.

Jumladan, bugun erta tongda Pokiston Islom Respublikasi viloyatlararo muvofiqlashtirish vaziri, sport kengashi Prezidenti Exsan ur-Rahman hamda Pokiston viloyatlararo muvofiqlashtirish vazirligi direktori Muhammad Ibrar Xan yurtimizga tashrif buyurishdi.  

Pokiston delegaciyasi vakillarini O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari Abdulla Aslanov boshchiligidagi masullar kutib olishdi hamda mehmonlarga O'zbekistonga tashrifi uchun minnatdorlik bildirishdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur yig'ilishda tashkilotga azo mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko'maklashish, jismoniy tarbiya va sport orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash, sportchilarni xalqaro musobaqalardagi munosib ishtiroki uchun rag'batlantirish, Olimpiya harakatini rivojlantirishdagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

SHuningdek, kelgusi yillarda bo'lib o'tadigan sport musobaqalariga tayyorgarlik ko'rish, ularni yuqori darajada tashkil etish bo'yicha bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing