So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

10 may 06:34
Yangiliklar

SHaxmat

Poland Rapid & Blitz. Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazdi FOTO + JADVAL

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Superbet Poland Rapid & Blitz turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada dunyoning kuchli 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. Ular orasida dunyo shaxmatchilar reytingida 5-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham bor. 

Kecha turnirning ikkkinchi kuni shaxmatchilar rapid yo'nalishida yana uchta partiyada o'zaro dona surishdi. Rapid yo'nalishidagi bahslarda g'alabaga 2, durangga 1 ochko beriladi. Ertaga o'tkaziladigan blic yo'nalishida esa g'alabaga 1, durangga 0,5 ochko taqdim etiladi. Turnir g'olibi esa 40 000 dollarga ega bo'ladi.   

Ishtirokchilar: Magnus Karlsen (Norvegiya, rapid 2828/blic 2886), Vey I (Xitoy, 2758/2684), Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2748/2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2733/2661), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2704/2675), Anish Giri (Niderlandiya, 2687/2715), Arjun Erigaysi (Hindiston, 2671/2744), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2649/2651), Vinsent Kaymer (Germaniya, 2647/2610), Kirill SHevchenko (Ruminiya, 2622/2546).

Musobaqaning dastlabki kuni Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Anish Giri va hindistonlik Dommaradju Gukeshni mag'lub etib, yana bir hind grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandxaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Nodirbek 4-turda germaniyalik Vinsent Keymer, 6-turda hindistonlik Arjun Erigaysi bilan durangga imzo chekdi. Beshinchi turda esa qora donalarda jahon chempioni, reyting peshqadami Magnus Karlsen bilan to'qnash keldi va bu safar norvegiyalik afsonaga yutqazib qo'ydi.    

Magnus Karlsen - Nodirbek Abdusattorov partiyasi

Oltinchi turdan so'ng turnir jadvalida Magnus Karlsen va Vey I 8 tadan ochko bilan qo'shhokimlik qilishyapti. Ruminiyalik Kirill SHevchenko va Rameshbabu Pragnanandha hisobida 7 tadan ochko bor. Abdusattorov, Gukesh va Erigayisi 6 tadan ochko bilan keyingi o'rinlarni band etishgan. Bugun rapid yo'nalishida so'nggi 3 ta partiya o'ynaladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing