So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

28 fev 17:57
Yangiliklar

Tadbirlar

Poytaxtda o'tgan xayriya marafonidan FOTOREPORTAJ

Teglar :  MarafonSave Aral
“Save Aral”ning Toshkent shahar bosqichi qariyb 4 ming nafar yugurish ixlosmandlarini qamrab oldi.

Toshkentda “Save Aral” xayriya akciyasining joriy yilgi uchinchi ommaviy yugurishi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Milliy paralimpiya qo'mitasi, Toshkent shahar hokimligi va «O'zbekneftgaz» AJ ko'magida O'zbekiston engil atletika federaciyasi tomonidan tashkil etildi.

SHuni takidlash kerak, “Save Aral” – “Orolni qutqaramiz” shiori ostida o'tkazilayotgan ommaviy xayriya poygasi XX asrning global ekologik ofatlaridan biri bo'lmish Orol dengizi qurishiga jamoatchilikning etiborini qaratish, barqaror va xavfsiz ekologik muhitni yaratish uchun Orolbo'yi hududini tiklash chora-tadbirlarini faollashtirish hamda aholining turli qatlamlari orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

Yoshi va jinsidan qatiy nazar, salomatligida jiddiy muammolari bo'lmagan barcha yurtdoshlarimiz “Save Aral – 2022” poygasida qatnashishlari mumkin. SHuning uchunmi, Toshkent shahrida tashkil etilgan “Save Aral” ommaviy xayriya tadbirining uchinchi yugurishida har qachongidan ko'p, qariyb 4 ming nafar aholi vakillari qamrab olindi. Ular 3 ming metr masofani bosib o'tishdi.

Ushbu ommaviy yugurish tadbirlarida ilk marotaba matonatli va jasoratli yigit-qizlar – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining sportchi yoshlari ham (jami 56 nafar) o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi. Har galgidek Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji sportchi-o'quvchilari ham tadbirda faol qatnashdi, ular 350 nafarni tashkil etishdi.

Quyida “Save Aral” ommaviy xayriya tadbirining Toshkent shahar bosqichida shohsupaga ko'tarilgan sportchilar bilan tanishing:

“Save Aral-2022”, Toshkent shahar bosqichi

Erkaklar o'rtasida:

1. SHohrux Davlatov – 8:20.9;

2. Otabek Toshquvvatov – 8:33.1;

3. Evgeniy Fadeev – 8:38.3.

Ayollar o'rtasida:

1. Alina Xakimova – 10:27.3;

2. Latofat Abdumalikova – 10:40.4;

3. Anastasiya Silchenkova – 10:51.5.

Paralimpiyachilar o'rtasida

Erkaklar:

1. Maruf Murodullaev,

2. Sanat Normatov,

3. Doniyor Ahmedov.

Ayollar:

1. Yoqutxon Xolbekova,

2. Roziya Ergasheva,

3. Asila Mirzayorova.

“Eng kichik yoshli ishtirokchi” – Elbek Toshtemirov (6 yosh),

“Eng keksa ishtirokchi” – Lyubov Musina (1944 yilda tug'ilgan).

Tadbir yakunida barcha g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho estalik sovg'alari, qaysiki sog'lom turmush tarziga xizmat qiluvchi vosita – velosipedlar bilan taqdirlanishdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing