So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

13 apr 14:57
Yangiliklar

Gimnastika

Poytaxtimiz badiiy gimnastika bo'yicha Jahon Kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Poytaxtimiz badiiy gimnastika bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi.

15-17 aprel kunlari Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi bo'lib o'tadi. 

Musobaqada Armaniston, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog'iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, AQSH, O'zbekiston kabi 15 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. 

Ushbu nufuzli turnirda mamlakatimiz sharafini Tokio Olimpiya o'yinlari licenzianti, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari kumush medal sohibasi, Jahon kubogi bosqichlari g'olibasi, jamoa etakchisi Sabina Tashkenbaeva va Osiyo chempioni Taxmina Ikromova himoya qiladi. Ikkala gimnastikachi ham Liliya Vlasovaning shogirdi hisoblanadi. SHuningdek, guruh mashqlarida jamoamiz yangi tarkib bilan chiqish qiladi. Tarkibdan quyidagi gimnastikachilar joy olishgan: SHaxzada Ibragimova, Nargiza Jmaniyazova, Nilufar Azamova, Mumtoza Isxakzoda, Mariya Pak va Xurshida Abduraufova. Sportchilarimiz Rano Muhamedova va Nilufar SHamurodova qo'l ostida musobaqaga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Jahon kubogi shu yili Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari va kuzda boshlanadigan Parij-2024 licenzion turnirlari uchun tayyorgarlikning muhim bosqichini ham o'tab beradi.

Malumot uchun, Jahon kubogining birinchi bosqichi 18-20 mart kunlari Greciyaning Afina shahrida, ikkinchi bosqich esa 8-10 aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida bo'lib o'tdi. Navbatdagi uch bosqich Toshkent (O'zbekiston), Baku (Ozarbayjon) shaharlarida, shuningdek iyun oyi boshida Pesaro (Italiya)dagi bosqich bilan yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing