So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

19 fev 17:38
Yangiliklar

Boshqalar

Poytaxtimizda 10 km masofaga "Men g'olib" shiori ostida vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Men g'olibMarafon
Mamlakatimizda sog'lom turmush tarziga berilayotgan alohida etibor aholi orasida jismoniy tarbiya va sportning yanada ommaviylashishini taminlamoqda.

Bugun, 19 fevral kuni poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab “Men Gʼolib” vatanparvarlik yugurish musobaqasi o'tkazildi.

“Men Gʼolib” vatanparvarlik yugurish musobaqasi ochilish marosimida ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizlik kengashi kotibi, mamlakat triatlon federaciyasi raisi ViktorMahmudov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va boshqa mutasaddilar bahslarda qatnashishga saflanganlarga omad tiladi.

Musobaqalarda asosan O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va kuch tuzilmalarining 12 ta jamoasidagi 300 nafarga yaqin xizmatchi, yuzlab havaskorlar ishtirok etdi. Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Bosh prokuratura kabi jamoalar o'rtasida kechgan bahslarda g'olib va sovrindorlar yakkalik va jamoaviy tarzda aniqlandi.

Yugurish musobaqasi nizomiga binoan unda 2021-2023 yillar oralig'ida O'zbekiston terma jamoasiga azo bo'lgan sportchilar qatnashishi taqiqlanganligi sababli havaskorlar orasidagi bahslar har jihatdan qiziqarli o'tdi.

Poytaxtimizning «Xalqlar do'stligi» maydonidan start berilgan 10 kilometr masofada yugurish musobaqalarining umumiy holdagi g'olib va sovrindorlarini belgilash uchun 50-60 daqiqadan ko'proq vaqt ketdi.

O'ziga xos kechgan poyganing 35-40 daqiqalik oralig'ida dastlabki g'oliblar aniqlandi. Musobaqaning 8 kilometrgacha bo'lgan masofasida 160-raqamda harakatlangan Mudofaa vazirligi vakili Ilhom Nazarov etakchilik qildi. Ammo, musobaqa finishiga 1 kilometrga yaqin masofa qolganda 163 raqamdagi ishtirokchi Nuriddin Rahmatov va 2-raqamliMuhriddinMirzaliev uni ortda qoldirib ketdi.

SHu tarzda shiddatli o'tgan so'nggi yugurish onlarida Nuriddin Rahmatov marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tgan bo'lsa, undan keyingi o'rinlarMuhriddinMirzaliev va Ilhom Nazarovga nasib etdi.

Ayollar o'rtasidagi yakkalik poygalarda esa Mudofaa vazirligi jamoasi vakilasi Iroda Olimova g'oliblikka erishdi. Ikkinchi hamda 3-o'rinlar Sabohat Xolmatova va Mohira Niyozovaga tegishli bo'ldi.

Xuddi shuningdek, “Men Gʼolib” musobaqasining kursantlar o'rtasida ham marra chizig'ini birinchilardan bilan kesib o'tganlar aniqlandi va taqdirlandi. Natijalarga ko'ra, 1-o'rinni Mudofaa vazirligi akademiyasi tinglovchisi Javohir Xoliqberdiev, 2 va 3-o'rinlarni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari Fayzulla Habibullaevva SHavkat Nuriddinov egalladi.  

Kursant qizlar ishtirokidagi bahslarda Ichki ishlar akademiyasi kursantlari Dilnoza Bekmirzaeva, Muyassar Do'stmurodova hamda Bojxona instituti xodimasi Dinara Berdimurodova sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi.

Jamoalar o'rtasida faxrli 1-o'rin Mudofaa vazirligiga tegishli bo'ldi. 2 va 3-o'rinlar Prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi hamda Davlat xavfsizlik xizmati jamoasiga nasib etdi.

— Asli Surxondaryo viloyatidanman. “Men Gʼolib” yugurish musobaqasida avvallari ham qatnashganman. Bu galgi bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko'rdim. G'olib chiqishni chin dildan istagandim va marraga birinchi bo'lib etib kelganimdan xursandman, — deydi iftixor bilan musobaqa g'olibi Nuriddin Rahmatov.

Mazkur yugurish musobaqasi tashkilotchilar uchun joriy yilning 12 martida mamlakatimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan «Navro'z» marofoniga tayyorgarlik vazifasini o'tadi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing