So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

29 jan 15:35
Yangiliklar

Tadbirlar

Poytaxtimizda festival doirasida sport musobaqalari qizg'in davom etmoqda

Teglar :  FestivalSportni sev
10 yanvar sanasidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlari bo'ylab Sportni sev, sport bilan yasha shiori ostida ommaviy sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan 10 yanvar sanasidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlari bo'ylab «Sportni sev, sport bilan yasha» shiori ostida ommaviy sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda.

Festival doirasidagi musobaqalar poytaxtimizda ham yuqori saviyada o'tkazilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Jumladan, Sergeli tumani jismoniy tarbiya va sport bo'limi, 1 va 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan mahallalarda istiqomat qilayotgan turli yoshdagi aholi ishtirokida shaxmat bo'yicha tuman final bosqichi musobaqasi o'tkazildi.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi 1-sonli BO'SMda sambo bo'yicha ochiq birinchilik bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Bu kabi musobaqalar respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing