So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

09 sen 13:12
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Poytaxtimizda suv sporti turlari bo'yicha IX Osiyo chempionati boshlandi

Teglar :  Suzish
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakatimiz suzish federaciyasi hamda Osiyo suzish federaciyasi (AASF) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qitamiznig 26 davlatidan mingga yaqin sportchi g'oliblik uchun bahslashmoqda. CHempionatda Vatanimiz sharafini 130 dan ortiq sportchi himoya qilmoqda.

CHempionatning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.Qurbonov, suzish federaciyasi raisi Q.Sanaqulov va boshqalar mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol insonlar qilib voyaga etkazishga qaratilayotgan etibor va g'amxo'rlik samarasida yoshlarimiz o'rtasida suv sporti turlari ommalashib borayotganini alohida takidladi. 

– Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etilganini alohida takidlamoqchiman, – dedi Osiyo suzish federaciyasi vice-prezidenti Virendra Nanavati. – Mamlakatingizda barcha sohalar qatori sport ham jadal taraqqiy etayotgani, bolalar sportini rivojlantirishga katta etibor qaratilayotgani, yoshlarning barcha qatlamini – umumtalim maktablari o'quvchilaridan tortib oliy o'quv yurtlari talabalarigacha o'ziga qamragan noyob tizimning yo'lga qo'yilgani tahsinga loyiq. Bunday etibor sportchilaringizning xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishiga xizmat qilmoqda. 

O'zbekiston suzish federaciyasi 1992 yili tashkil etilgan. Mamlakatimizda suv sporti turlarini yanada rivojlantirish va ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2013 yildan suv sportining barcha turlari mazkur federaciya tarkibiga biriktirildi. Federaciya tomonidan suv sporti turlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilarning mashg'ulot o'tkazishi uchun zamonaviy sharoit yaratish, malakali murabbiylar tayyorlash, nufuzli musobaqalarni tashkil etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

2014 yili poytaxtimizda O'zbekiston suzish federaciyasi tasarrufidagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi. Muassasada zamonaviy suzish havzasi, sport zali, trenajyor zali, kiyim almashtirish, yuvinish, tibbiyot va mamuriy xonalar mavjud. Suzish havzasi suvni tozalash va haroratni bir maromda saqlovchi zamonaviy uskunalar bilan taminlangan. Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan suv sporti saroylari va suzish havzalarining barpo etilayotgani o'g'il-qizlar o'rtasida ushbu sport turlariga bo'lgan qiziqish tobora ortishiga xizmat qilmoqda. 

Sportchilarimiz turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritayotir. Bugungi kunda 20 mingdan ortiq o'g'il-qiz mazkur sport turlari bilan yurtimizdagi ikki yuzdan ortiq suzish havzasida muntazam shug'ullanayotir. 

Osiyo chempionatida Olimpiya o'yinlari dasturidan joy olgan suzish, sinxron suzish, suv polosi va suvga sakrash bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing