So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

03 iyu 14:17
Yangiliklar

Velosport

Poytaxtimizda “Xalqaro velosiped kuni”ga bag'ishlab velomarafon o'tkazildi

Teglar :  Velosport
3 iyun “Xalqaro velosiped kuni” kuni munosabati bilan bugun poytaxtimizda velosport bo'yicha marafon o'tkazildi.

“Humo arena” sport majmuasining yonidan start olgan velomarafon poytaxtimizning “Beshyog'och”, “Furqat”, “Islom Karimov”, “SHarof Rashidov” va “Afrosiyob” ko'chalari bo'ylab jami 5 kilometr masofada tashkil qilindi. 

Mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad, avvalo, aholi o'rtasida sportning ushbu turini yanada ommalashtirish, shahrimiz aholisining dam olish kunini mazmunli o'tkazishga xissa qo'shish va ularni jismoniy harakatga jalb qilishdan iboratdir. Ushbu velomarafonda 300 dan ortiq havaskorlar ishtirok etdi.

Velomarafon start olishidan avval so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Norboeva ushbu sport turining yurtimizdagi rivoji xususida to'xtalib o'tdi.

Bugun bizning sportimiz uchun bayram. Barchamiz “Xalqaro velosiped kuni”ni O'zbekistonda nishonlash uchun jam bo'ldik. Yurtimizda ushbu sportga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Joriy yilning aprel oyida Toshkent velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur musobaqada qatnashgan terma jamoamiz vakillari ko'plab medallarni qo'lga kiritishdi. Barchangizga sog'lik-salomatlik tilagan holda marafon ishtirokchilariga omad tilayman”, – dedi Tanzila Norboeva.


Musobaqa yakunida velosport kunida va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda qo'shgan xissasi uchun barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing