So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

22 apr 08:34
Yangiliklar

Karate

Premier League. Saymatov 7 oy kutilgan medalni taqdim etdi

19-21 aprel kunlari Marokashning Rabot shahrida nufuzli Premer liga musobaqasi bo'lib o'tdi.

Afrika qitasidagi musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi ham ishtirok etdi. Sayyoramizning 78 davlatidan 700 nafarga yaqin karate ustalari qatnashgan musobaqa Tokio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolari taqdim etishi bilan ham ahamiyatli edi. 

-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan eng ishongan sportchimiz Sadriddin Saymatov bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu medalni terma jamoamiz 7 oy kutishiga to'g'ri keldi. So'nggi bor bu kabi nufuzli turnirda 2018 yilning oktyabrida medalga ega bo'lgan ekanmiz. 

Aniqrog'i, Yaponiyaning Tokio shahrida o'tgan Premier League seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqada -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Uzoqov bronza medalini qo'lga kiritgan ekan. Iqboljon Franciya, Avstriya, Qozog'iston vakillarini mag'lub etib, yarim finalda turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bronza medali uchun bahslarda esa Ukraina va Franciya karatechilaridan ustun kelib, bronza medali egasiga aylangan edi. 

Rabatdagi Premer liga musobaqasida qatnashgan qolgan karatechilarimiz Sanjar Abdukarimov, Iqboljon Uzoqov (-67 kg), Dostonbek Otabolaev (-75 kg), Bahriniso Boboeva (-50 kg) va Barno Mirzaeva (-61kg) yana quruq qo'l bilan Vatanga qaytishdi. Undan avvalgi SHanxay, Parij, Dubay, Zalcburgdagi musobaqalarda bitta ham medal qo'lga kiritilmadi. Bu ketishda Tokio Olimpiadasi o'zbekistonlik karatechilarsiz o'tadigan ko'rinadi.    

Eng ishongan karatechimiz Sadriddin Saymatov reytingda ancha quyiga sho'ng'ib ketgan. Uning vaznida qozog'istonlik Assadilov barchani xayratlantirishda davom etmoqda. U o'tgan yili jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritganidan keyin ketma-ket o'zi qatnashgan barcha musobaqalardan medal bilan qaytmoqda va ayni paytda reytingning 4-pog'onasiga ko'tarilib olgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing