So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

06 may 07:01
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

Prezident bergan topshiriqlar bo'yicha vazifalar belgilandi

Teglar :  MOQOlimpiada
Xabaringiz bor, kuni kecha Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati Prezidentimiz qabulida bo'lib, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha taqdimotni namoyish qilishdi.

Hozirgi vaqtda delegaciyamiz hisobida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga 41 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 16 ta yo'llanma mavjud. Yaqin vaqt davomida Olimpiya o'yinlariga 32 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 30 ta licenziya qo'lga kiritilishi rejalashtirilgan. SHubhasiz, bunday ko'rsatkich davlatimiz rahbarini qoniqtirgani yo'q va bu borada yurtboshimiz tomonidan xaqli, tanqidiy fikrlar bildirildi. Kecha O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida mazkur uchrashuvda yuklatilgan vazifalar bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirni MOQ raisi olib bordi va davlatimiz rahbari bilan o'tgan uchrashuvdan olingan xulosalar xususida gapirib o'tdi.

“Tokio Olimpiadasiga juda qisqa vaqt qoldi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi davlatimiz, hukumatimiz va xalqimiz oldidagi masuliyatini to'la his qiladi va qisqa vaqt ichida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ishlarini qaytadan ko'rib chiqib, licenziyalar sonini oshirish, natijalarni yaxshilashga bor kuch va imkoniyatini ishga soladi. Biz federaciya va associaciyalar rahbariyatidan o'z ishlarini to'g'ri tashkil qilish, rejalarni obdon muhokama qilish, kelishish, zarur choralarni ko'rish va qabul qilingan buyruq va qarorlar ijrosini so'zsiz taminlashingizni so'raymiz. Bu borada O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi maxsus chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Unda MOQ va uning qoshida tuzilgan RSTIAM hamda Tezkor shtab, federaciya va associaciyalarning mutasaddi rahbarlariga o'z ishlariga yanada professional yondashish, mavjud muammolarni ich-ichidan o'rganish va tez fursatda echim topish, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejalarini yana bir karra batafsil qaytadan ko'rib chiqish bo'yicha tegishli vazifalar belgilab berilgan”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Ravshan Irmatov ham ushbu uchrashuv bo'yicha fikrlarini bildirar ekan, masuliyatli kunlar yaqinlashib kelayotganiga urg'u berdi.

“Vaqtlari juda ham tig'iz va juda ko'p yumushlari bo'lishiga qaramay muhtaram yurtboshimiz bizni qabul qildilar. Suhbat davomida Olimpiadadagi g'alabalarimiz bilan xalqimizga quvonch ulashishimiz zarurligini alohida takidladilar. Biz mutasaddilar 1 kunning o'zida Prezidentimiz bergan topshiriqlar bo'yicha o'z vazifalarimizni muhokama qilib, oldimizda turgan rejalarni yana bir karra ko'rib chiqdik”, – dedi MOQ raisining birinchi o'rinbosari.

Mazkur rejaga ko'ra, MOQ rahbariyati orasida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan federaciyalar taqsimlangan va mutasaddilar musobaqagacha bo'lgan davrda biriktirilgan terma jamoalarning tayyorgarligini shaxsan nazorat qilib borishadi.

Tadbir davomida MOQ raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov va RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov ham so'z olib, sportchilarning tayyorgarligi, salomatligi va emlash ishlarining boshlanishi xususida gapirib o'tishdi. Mutasaddilarning malum qilishicha, ertaga RSTIAMda sportchilarimizni koronavirusga qarshi emlash jarayoni rasman boshlanadi.

Yig'ilishda federaciya va associaciyalar rahbarlari ham so'z olib, belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash, Tokio Olimpiadasiga tayyorlanish mobaynida Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasiga kamarbasta bo'lishlarini takidlashdi.

Tadbir so'ngida MOQ raisi sportchilarimizni emlash bo'yicha o'z xulosalarini bildirdi:

“Avvalambor, Prezidentimizga, hukumatimizga o'z fuqarolarining salomatligi haqida shunchalik qayg'urayotganlari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz. Vahima qilish kerak emas. Barcha ishni tartib bilan amalga oshirsak, maqsadga erishamiz. Asosiysi, bizni davlatimiz qo'llab-quvvatlamoqda. Biz sportchilarimizning salomatligiga javob beramiz. Ular bizning oltin avlodimiz. Zarur bo'lsa, har hafta, har kun PZR va boshqa tahlillarni olib, ularning salomatligi qattiq nazoratga olinsin”.

MOQ raisi RSTIAM rahbariga atletlarning salomatligiga shaxsan javob berishini takidladi. SHuningdek, Prezidentimiz topshiriqlari asosida Olimpiadaga tayyorgarlik bo'yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan masullarga o'z ishlariga professional yondashish, undagi vazifalarni so'zsiz bajarish lozimligi aytilib, ish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing