So’nggi yangiliklar

17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0

05 noy 12:12
Yangiliklar

Karate

Prezident qarori: Karate WKF sport turi rivojlantiriladi

“Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–356-son, 03.11.2023 y.) qabul qilindi.

U️nga ko'ra, O'zbekiston karate (WKF) associaciyasi tashkil qilinadi

Qarorda, 2023–2026 yillarda karate (WKF) sport turini  rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi. Jumladan:

- aholining barcha qatlamlari karate bilan shug'ullanishi uchun hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi;

- bog'chalarda “Kids karate” (kids karate) loyihasi ishga tushiriladi. 


Qaror bilan O'zbekiston karate milliy federaciyasi O'zbekiston karate (WKF) associaciyasi etib qayta tashkil qilinib, joylarda uning hududiy bo'linmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi. 

SHuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida parakarateni rivojlantirish uchun O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tuzilmasida parakarate bo'limi tashkil etiladi.

2023–2026 yillarda O'zbekistonda karate (WKF) bilan doimiy shug'ullanuvchilar sonini 55 ming nafarga etkazish (jumladan, joriy yilda 40 ming nafar) nazarda tutilgan.


2024 yildan boshlab har yili:

-️ respublikaning barcha hududlarida 7 oktyabr kuni – Butunjahon karate kuniga bag'ishlangan Karate festivali;

- karate va parakarate bo'yicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;

- belgilangan yosh toifalari bo'yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;

- karate bo'yicha davlat sport-talim muassasalari o'rtasida “O'zbekiston chempionati” musobaqasi o'tkaziladi.


Qarorga ko'ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida O'zbekiston karateni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. 

2024 yil 1 martgacha joylarda karate bilan shug'ullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha sportchilar to'g'risidagi malumotlar to'liq raqamlashtiriladi. 

2024/2025 o'quv yilidan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida karate bo'yicha bakalavriat talim yo'nalishiga va magistratura mutaxassisligiga amaldagi o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari joriy o'quv yiliga nisbatan 2 baravarga oshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing