So’nggi yangiliklar

09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0

05 mar 18:46
Yangiliklar

Gimnastika

Prezident SHavkat Mirziyoev Oksana CHusovitina sport mahorati maktabiga tashrif buyurdi (Foto)

O'zbekiston Respubikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev biroz oldin sport gimnastikasi bo'yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana CHusovitina sport mahorati maktabiga bordi.

Sport gimnastikasi bo'yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana CHusovitina – mamlakatimiz faxri. U sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Yurtimizda shunday sportchining bo'lishi bolalar uchun namuna, dalda. Prezidentimizning 2022 yil 14 martdagi Gimnastika bo'yicha Oksana CHusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish to'g'risidagi qarori sportsevar yoshlarga katta sharoit yaratdi.

Davlatimiz rahbari 5 mart kuni ushbu sport maktabiga tashrif buyurib, bu erdagi sharoitlarni va mashg'ulotlarni ko'zdan kechirdi.

Muassasa milliy terma jamoalar uchun xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash, yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etib, o'quv-mashg'ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish, murabbiylar va gimnastikachilar mahoratini muntazam oshirib borishga yo'naltirilgan. Buning uchun uch qavatli zamonaviy binoda barcha sharoit yaratilgan.

Birinchi qavatda asosiy zal va mashg'ulotlar zali, trenajyor maydonchasi, tibbiyot xonasi va oshxona joylashgan. Tepa qavatlardan 165 o'rinli yotoqxona, mehmonxona, informatika va manaviyat xonalari o'rin olgan. Maktab Germaniyadan keltirilgan sport anjomlari va jihozlari bilan taminlangan.

Gimnastika maktabi 1-11-sinflardagi 105 nafar o'quvchiga mo'ljallangan. Bugungi kunda 91 nafar o'g'il-qiz mahoratini oshirmoqda. Ularga ikkita xorijiy til ham o'rgatiladi. Yosh gimnastlar umumiy talim darslarini tutash hududda joylashgan 175-maktabda o'qiydi.

CHusovitina izdoshlari o'tgan yili sport gimnastikasi va badiiy gimnastika bo'yicha xalqaro musobaqalarda 4 ta, respublika turnirlarida 6 ta va sport maktablari o'rtasida 24 ta medalni qo'lga kiritgan.

Muhimi shundaki, gimnastikachi yoshlar bir joyning o'zida yashab, talim olib, mashg'ulotlar o'tkazadi. Umuman olganda, bu sport maktabi gimnastikachilar uchun respublikada yagona o'quv-mashg'ulot bazasiga aylanadi.

SHu erda sport sohasi mutasaddilari hamda videoaloqa orqali hududlar rahbarlari ishtirokida muloqot bo'ldi.

– Nima uchun biz bu yo'nalishga katta etibor berib, maktablar yaratayapmiz? Gimnastika – hamma sport turlarining asosi. Futbolchi ham, bokschi ham, sog'lom bo'laman degan inson ham gimnastika qilishi kerak. Iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarga talim berish bilan birga ularni sport bilan shug'ullantirolsak, yurtimizda sog'lom zurriyod, sog'lom millat bo'ladi, – dedi Prezident.   

SHu maqsadda gimnastikani bolalar bog'chalaridan keng joriy qilish, qobiliyatli sportchilarni saralashni shu bosqichdan boshlash, har bir hududda ikkitadan gimnastika maktabi tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil Franciyada bo'ladigan Olimpiya o'yinlarida qatnashadigan sportchi va ularning murabbiylariga alohida sharoit yaratish, munosib tayyorgarlik ko'rishini taminlash bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing