So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

25 dek 13:06
Yangiliklar

Tadbirlar

Prezident topshiriqlari nazoratda

MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov Qo'mita mutasaddilari bilan yig'ilish o'tkazdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni yanada targ'ib qilish, sportchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ko'paytirish bo'yicha bir qator Qaror va Farmonlar imzolanmoqda. 

MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov boshchiligida mazkur meyoriy hujjatlarda O'zbekiston MOQga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qo'mita mutasaddilari bilan yig'ilish o'tkazildi. Suhbat davomida MOQ raisi har bir yo'nalishdagi topshiriqlar ijrosining hozirgi holatini batafsil o'rganib chiqdi.

“Hurmatli Prezidentimizning bergan topshiriq va ko'rsatmalarini so'zsiz amalga oshirishimiz lozim. Yurtboshimizning sog'lom turmush tarzi targ'iboti bo'yicha boshlagan tashabbuslarini biz davom ettiramiz. Bunda barcha yo'nalishdagi vazifalar atroflicha tahlil qilinib, belgilangan mutasaddi tashkilotlar, masullar bilan ishlaymiz. Bu meyoriy hujjatlar va topshiriqlar Yangi O'zbekistonning sport sohasidagi salohiyatini ko'tarib berishda muhim ahamiyatga ega”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilishda Prezident Qarorlarida ommaviy sport targ'iboti yo'lida o'tkazilish belgilangan musobaqalarning taqvimini federaciyalar mutasaddilari bilan batafsil ko'rib chiqish, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarliklar, Xalqaro kurash instituti faoliyatini yanada zamonaviy metodikalar bilan taminlash kabi yo'nalishlarni chuqur o'rganish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing