So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

06 may 15:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Professional boksda o'zbekistonlik birinchi chempion - "Qirol Artur" haqida

Teglar :  Artur GrigoryanBoks
Sir emaski, boks O'zbekistonda birinchi raqamli sport turiga aylanib bormoqda.

Sportchilarimiz havaskor ringda o'z «gegemonligini» o'rnatishga erishdi. SHuningdek professional boksda ham yigitlarimiz yaxshigina natijalarni qayd etib bormoqdalar. O'zbek boksida avvaldan Ruslan CHagaev, Muhammadqodir Abdullaev singari yulduzlarimiz bo'lgan. Lekin, shunday bokschi borki, u o'zbek boksida tub burilish yasay olgan. "Qirol Artur". Bu nom XX asrning so'ngi dekadasi va XXI asrning dastlbki yillarida butun dunyoga mashhur bo'lgan. Mustaqil O'zbekistonga professional boksda dastlabki oltin kamarni olib bergan, o'zbek boksi afsonasi -  Artur Grigoryan. 

Bolaligi, boksga kirib kelishi, havaskor boks

Artur Grigoryan 1967 yilning 20 oktyabrida Toshkent shahrida tug'ilgan. Uning ota-onasi 1966 yilda Tog'li Qorabog'da qattiq zilzila ro'y berganidan so'ng, Toshkentga ko'chib keladi. Grigoryan yoshligidan boksga qiziqadi. Bo'lajak chempion sportning ushbu turi bilan o'n bir yoshida Liv Axmedjanov qo'l ostida shug'ullanishni boshlaydi. Uning boksdagi dastlabki yirik g'alabasi 1990 yilga to'g'ri keladi. Artur o'sha yili AQSHda tashkil etilgan "Yaxshi niyat o'yinlari" musobaqada chempionlikka erishgan. CHempionlik yo'lida keyinchalik professional boksda chempionlikka erishgan SHeyn Mosli va Xulio Gonsales kabi mashhur nomlarni mag'lub etgan. 1991 yilda Sidney mezbonlik qilgan jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi. 1992 yilda Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi turniri g'olibligini qo'lga kiritadi. Lekin, Barselona-1992 Olimpiadasida omadi yurishmaydi va medalsiz qaytishga majbur bo'lgan. Artur shundan so'ng havaskor boksni tashlab professional ringga o'tadi. 

Professional boks

Grigoryan professional boksga 1994 yilda kirib keladi. “Universum Box Promotion” kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi va janglarga Klaus-Peter Kolya boshchiligida tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. Uning profida debyut jangi 1994 yil 10 aprel sanasida Germaniyada tashkil qilinadi, o'sha jangda unga amerikalik Xuan Tubbs raqiblik qiladi. Jangning boshidan ustunlikni qo'lga olgan Artur ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratadi. Grigoryan shiddat bilan professional boksga kirishda davom etadi, uch oyning ichida to'rt bor ringga ko'tariladi va turkiyalik Centurk O'zderimni mag'lub etib, Germaniya chempionligini qo'lga kiritadi. 2005 yilning 1 aprelida bokschi hayotida yana bir unutilmas voqea yuz berdi. SHu kuni u engil vaznda WBO Intercontinental kamari uchun ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljanlangan jangda Artur raqibini sakkizinchi raundda nokaut qilib, ushbu kamarini qo'lga kiritadi. 

Jahon chempionligi uchun jang

Ketma-ket yorqin janglar va g'alabalar Arturga vakant bo'lib turgan WBO kamari uchun ringga chiqish imkoniyaini taqdim etdi. 1996 yilning 12 aprel sanasida Germaniyaning Gamburg shahrida WBO kamari uchun venesuelalik Antonio Riveraga qarshi  ringga ko'tarildi. Bu uning professional boksdagi o'n to'qqizinchi jangi edi. SHiddatli va qiziqarli kechgan jang to'liq o'n ikki raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan Grigoryanning g'alabasini elon qilishadi. SHu tariqa qahramonimiz WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Bu g'alaba nafaqat Grigoryanning g'alabasi edi, balki butun O'zbekistoning ham yutug'i edi. Artur shu tariqa O'zbekiston tarixida professional boksda birinchi oltin kamarni qo'lga kiritgan bokschi sifatida tarixga kirdi.


Keyingi faoliyati

Grigoryan WBO kamarini qo'lga kiritganidan so'ng 17 bor mazkur unvonni muvaffaqiyatli himoya qildi. Kamarni himoya qilgan janglarida Stefano Zoffa va Raulya Balbi kabi kuchli bokschilarni ham taslim qildi. 2004 yilning 3 yanvarida o'n sakkiznchi himoya jangini o'tkazdi. Bu safardagi raqibi WBA kamari sohibi, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Aselino Freytasedi. To'qnashuv engil vaznda birlashtiruvchi jang bo'lgan. Grigoryan va Acelino muxlislarga juda qiziqarli jang namoyish etib berishadi. Uchrashuv to'liq o'n ikki raundga cho'ziladi. Lekin, jang davomida Artur to'rt bor nokdaunga uchrashga majbur bo'lgan. Jang yakunlanganidan so'ng hakamlarning barchasi bir ovozdan (115-108, 116-107, 116-107) Freytasning g'alabasini elon qiladilar. SHu tariqa, "Qirol Artur" faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Kamarni boy berganidan so'ng hamyurtimiz yana ikki bor ringga ko'tariladi va shundan so'ng qo'lqoplarini mixga ilganini malum qilgan.


Murabbiylik faoliyati

2004 yil faoliyatini yakunlaganidan so'ng Grigoryan murabbiylik ishini boshlaydi. U o'ziga qadrli bo'lib qolgan “Universum Box Promotion” klubida mahoratini yoshlarga o'rgatishni boshladi. U murabbiylik faoliyati davomida bir qancha kuchli bokschilarni tayyorlab bergan. Bularga Denis Boycov, Sebastyan Zbik, Raxim CHaxkiev va Ruslan CHagaevni misol keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabida ham faoliyat olib bordi. 


Erishgan natijalari

Havaskor boks

Yaxshi niyat o'yinlari chempioni (1990)

Jahon chempionati kumush medal sohibi (1991)

Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi chempioni (1992)

Barselona olimpiadasi ishtirokchisi (1992)

384 ta jang 361 ta g'alaba, 23 ta mag'lubiyat


Professional boks

WBO Intercontinental  kamari sohibi (1995)

WBO kamari sohibi (1996)

39 ta jang, 38 g'alaba, 1 mag'lubiyat


Davlat mukofotlari

SSSRda xizmat ko'rsatgan sportchi(1991)

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi

"Mehnat shuhrati" Ordeni (1996)

"O'zbekiston belgisi" (1997)

"O'zbekiston iftihori" (1998)


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
06 may 15:59:51
sport_expert
barcha davrlar uchun prof boksimizninig eng kuchli bokschisi
   
07 may 21:19:56
Xamdam
Хакикий узбек афсонаси !
   
06 may 23:14:04
Xusniddin94724
Mana bokschilarimizga motivatsiya.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing