01 iyu 10:44
Yangiliklar
Futbol
PSJ Messi va Neymardan qutilmoqchi
PSJning yangi rahbariyati Lionel Messi va Neymar jamoani yangilash bo'yicha loyihaga mos tushmaydi deb hisoblamoqda.
Ispaniyalik jurnalist Pedro Morataning malum qilishicha, klub Messi va Neymardan qutilmoqchi.
Morataning so'zlariga ko'ra, PSJ ushbu ikki yulduz futbolchiga asosiy etiborni qaratib qo'ymoqchi emas. Ammo ulardan xalos bo'lish oson bo'lmasligini klubdagilar tushunib turishibdi.
Klubning yangi sport direktori Luis Kampos va bo'lajak bosh murabbiy Kristof Galte ham shunday fikrda.
Ular klub futbolchilarining salohiyatini yuzaga chiqarib, yangi, raqobatbardosh jamoa tuzishni istamoqda. Yangi bosh murabbiy 35 yoshli Messi va 30 yoshli Neymarsiz shu ishni amalga oshirmoqchi.
Havola :
Fikrlar