So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

11 iyu 12:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Pyotr Yan - Uzoq SHimolda tug'ilgan, tungi klublarda arzimagan pulga urishgan, ikki yil ichida UFC chempioni bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritgan jangchi!

Teglar :  Petr YanUFC
Rossiyalik UFC jangchisi Pyotr Yan ertaga tongda Abu-Dabining "Janglar oroli"da UFC kamari uchun Joze Alduga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Yan Xabibdan so'ng UFC kamarini qo'lga kiritgan ikkinchi rossiyalik bo'lishi mumkin.

Yan qanday qilib UFCga kelib qoldi, u avval nimalar bilan band bo'lgan?

Rossiyalik sportchi "Ochiq xat" blogida o'zi haqida bir nechta qiziqarli fikrlarni bildirib o'tgan. U Dudinki shahrida (Rossiyaning eng shimoliy hududlaridan biri) tug'ilgan. 15 yoshida sport uchun oilasini tashlab, Omsk shahriga yolg'iz ko'chib o'tgan. U erda tungi klublarda arzimagan pulga urishgan. Ertaga esa Yan UFC chempioni bo'lishi mumkin.

Yan o'zining bu darajaga chiqishida katta akasining hissasi katta deb hisoblaydi. Akasi undan to'rt yoshga katta.


«Men uni mashg'ulotlarga qanday ketayotganini ko'rardim. Men ham unga o'xshab boks zaliga borishni istardim. Lekin u negadir meni o'zi bilan birga olib ketmasdi. SHundan so'ng, akamni poyladim, u mashg'ulotlar uchun sumkasiga nima solgan bo'lsa, men ham shularni soldim va uning ortidan berkinib chiqdim», - deya xotirlaydi Yan.

Uning ilk murabbiyi Nikolay Nikolaevich Surjikov bo'lgan. Rossiyalik birinchi mashg'ulotga juda ko'p kuch sarflaydi va buning natijasida uyiga qiyinchilik bilan etib borgan. Uning sportdagi dastlabki g'alabasi mashg'ulotlardan ikki hafta o'tib ko'rina boshlaydi. Murabbiyi uni musobaqaga olib boradi va u erda Yan g'alaba qozonadi. Yan 12 yoshida Krasnoyarskdan Dudink shahriga ko'chib o'tadi. (Malumot uchun, Krasnoyarsk deyarli issiq bo'lmaydi va yilning to'rt oyida havo juda sovuq bo'ladi).

“Oyimning do'sti gimnastika murabbiyi edi, shu sababli ham biz ertalab akam bilan har kuni batutda sakrardik. Keyin futbolga, taekvondo va og'ir atletikaga borardim. Men ikkinchi smenada o'qiganim sababli barchasiga ulgurardim, darslardan so'ng yana boks. SHu tariqa, uyga charchagan holda kirardim. Maktabda juda ham urishqoq bo'lganman, har bir tanaffus vaqtida aniq kimdir bilan urishganman. Sababi bizni haqorat qilishgan. Men esa haqoratlarga chiday olmayman”, - deydi Yan o'zining maktab yillarini eslab.

Yan Dudink shahrida katta sinfni tugatib, kollejga kirmoqchi bo'ladi, lekin murabbiyi undagi imkoniyatlarini to'g'ri ko'ra olgan holda, Omskga ketishi kerakligini aytadi. CHunki, Dudinkda kuchli bokschi bo'lib etishishi uchun ko'p ham imkoniyatlar bor emas edi. SHu tariqa, Pyotr 15 yoshida Omskga yolg'iz o'zi yo'l oladi. Yanning maqsadi Olimpiya zaxiralari kollejiga kirish edi, ammo qabul yakunlaganligi sababli uning bu rejasi amalga oshmaydi. SHundan so'ng, unda ikkita yo'l qoladi: sport bilan shug'ullanish yoki uyga qaytish. U birinchisini tanlaydi. Pyotr ikki yil Omskda yashaydi va Dudinkka qaytadi. Bu erdagi ahvolni ko'rib, yana Omskga qaytishga qaror qiladi. Omskda u jismoniy tarbiya institutiga qabul qilinadi. Yan pul topish maqsadida "Atlantida" tungi klubidagi janglarda ishtirok etgan. U erda professional janglar uchun 4 ming rubl berilgan. U erda oyiga 6-7 ta jangda ishtirok etadi. SHu tariqa, Yan to'rt yil davomida tungi klubda jang qilib yurdi.

«Tungi klublarda jang qilishim, mening hayot tarzimga yomon tasir qilmagan. Men hech qachon ichmaganman, chakmaganman. Maqsadim bitta: jang qilish va g'alaba qozonish bo'lgan», - dedi Yan.

Yanning professional MMAdagi debyuti 2013 yilga to'g'ri keladi, u jangga o'n kun qolganida raqibi kim ekanligini biladi. Pyotr hech qachon kurash usullarini ustozlardan o'rganman, u barchasini «You Tube» kanali orqali o'rgangan. Yanning debyuti omadli chiqadi va ilk jangda raqibini nokaut qilishga erishadi. Bu g'alaba uchun unga 20 ming rubl beriladi. SHundan so'ng Omskda jang qiladi. Keyinchalik ACB promousheni bilan shartnoma va u erda barchani mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. 2018 yilda esa Yanning orzusi amalga oshadi. Unga UFCdan shartnoma taklif qilishadi. Yan UFCda juda tez o'sishga erishadi, u ikki yil ichida oltita jang o'tkazdi va barchasida g'alaba qozondi. 

Ertaga u bosh maqsadi UFC kamari uchun oktagonga ko'tariladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
11 iyu 12:48:40
Otabek906
chAkmaganman? Uyam Toshkentcha gapirarkanda a?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing