So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

26 mar 11:57
Yangiliklar

Boshqalar

Qamashida qo'l jangi bo'yicha viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

So'nggi yillarda qo'l jangi sport turi Qashqadaryo viloyatida ham keng rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda, yurtimizda ushbu sport bilan shug'ullanib borayotgan yosh avlod vakillari ham ortib bormoqda. Viloyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yosh avlodni sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida bu yil viloyat qo'l jangi federaciyasi tomonidan katta reja ishlab chiqilgan.    

Mazkur reja asosida hozirda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani markazidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida 2008-2009,2010-2011 yillarda tug'ilgan kichik o'smirlar o'rtasida Viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning tantanali o'tgan ochilish marosimida O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo'l jangi Federaciyasi Qashqadaryo viloyati bo'limi vakillari ham ishtirok etganligi musobaqa yuqori saviyada tashkil qilingani va bo'lgan qiziqishning ulkan ekanidan dalolat bermoqda.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan musobaqa mehmonlari ham bunga alohida to'xtalib o'tishdi.  

“Qo'l jangi tumanimiz yoshlarning sevimli sevimli sport turlaridan biri.Ushbu sport mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Ahamiyatlisi, sog'lom turmush tarzini yanada keng targ'ib qilishda bu kabi sport turlarining o'rni katta”, - dedi Qamashi tuman qo'l jangi sport turi murabbiysi Xusniddin Sobirdinov ochilish marosimida. 

Bu yilgi viloyat ochiq birinchiligi musobaqasida viloyatning barcha tumanlaridan kelgan 175 nafardan ziyod yosh sportchilar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, unda 19 ta vazn toifasida 61 nafar g'olib va sovrindor sportchilar O'zbekiston chempionati va kubok bahslarida viloyat sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

“Ilk bor, qo'l jangi sport turi bo'yicha Viloyat ochiq birinchiligi musobaqasining tumanimizda o'tkazilishida va har tomonlama o'z yordamni ayamagan tumanimiz hokimi Botir Tog'aevga tuman sportchilari nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - dedi Qamashi tuman 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi qo'l janggi murabbiysi Mirsaid Saydullaev.

Musobaqa g'olib va sovrindorlariga Qamashi tuman hokimligi tomonidan diplom, medallar va qimmatbaho sovg'alar yuqori saviyada o'z egalariga topshirildi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing