So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

24 may 12:17
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Qarabtep” yoki xalq tilida “Lanka” deb yuritiluvchi o'yin haqida nimalarni bilamiz?

Teglar :  QarabtepLanka
Sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo'ladi.

Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakatdir. Mo'tadil ravishda va o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o'tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muhtoj bo'lmaydi.

Badan tarbiyaning kuchli turiga maydonda qilinadigan kishining o'z soyasi bilan olishish o'yini (Qarabtep o'yini) kiradi.

Abu Ali Ibn Sino,

Tib qonunlari 1-tom.

“Qarabtep” xalq o'yini (oldingi Lanka) bir necha asrlar mobaynida xalq sayillarida, “Navro'z” bayramlarida muntazam ravishda o'ynalib kelingan. Bu o'yin qo'yning bir parcha junli terisiga metall parchasi mahkam bog'langan anjom bilan o'ynalgan. Bu anjom “Tepki”, tepadigan shaxs “Tepkichi” deb ataladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda biron-bir o'zbek xonadoni topilmasa kerakki, “Qarabtep” o'yinini bilmagan, sevib o'ynamagan bo'lsa. O'zbek mahallalarida mazkur o'yinni yoshu qari birdek sevib o'ynab kelgan. CHunki, “Qarabtep” o'yini maxsus joy yoki asbob-anjom talab qilmaydi. Bu o'yinni har qanday joyda o'ynash mumkin. Mustamlaka davrida har xil bahonalar bilan ko'pgina qarshiliklarga uchragan bo'lishiga qaramay, “Qarabtep” o'yini xalqimizning sevimli milliy o'yin turlaridan biri bo'lib kelgan.

Buyuk qomusiy olim va mutafakkir Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida inson salomatligini mustahkamlashda badantarbiyaning, ayniqsa, odamning o'z soyasi bilan olishish o'yinining ahamiyati muhimligi haqida yozadi. Qadimgi tarixiy yozma manbalarda yozilishicha, ushbu o'yin ko'proq chorvachilik bilan shug'ullanuvchi xalqlar istiqomat qiluvchi hududlarda keng tarqalgan. O'yin tarqalgan hududlar geografiyasining kengligi ham mazkur taxminni va o'yinning turli millatlarda turlicha nomlanishini asoslaydi.

“Lanka” atamasining kelib chiqishini tarixchilar turlicha izohlaydi. Bazilar uni xitoycha “lyan-ga” so'zi bilan bog'lasalar, bazilar esa forsiy “lang-oqsoq” manosi bilan ifodalaydi. Bu xalq o'yini asosan, ochiq havoda shahar va qishloq aholisi orasida o'ynalgan. Oyoq panjasi yoki oyoqning ikki yoni bilan tepib, havoga uchirish mazkur o'yinning o'ziga xos xususiyati sanaladi. “Navro'z“ xalq sayillari, kuzgi hosil yig'ish kabi mavsum va marosim bayramlari bu ananaviy o'yinsiz o'tmagan.

O'yinning amaliy ahamiyati haqida gapirganda takidlash muhimki, u tepkichida oyoq-qo'l harakati ko'nikmalarini, chaqqonlikni shakllantirgan. Makonda harakatlanish dinamikasini, ekstremal holatlarda tanani ko'z yordamida va ko'z ishtirokisiz – telepatik boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirgan. SHuning uchun mazkur o'yin harakatlari Osiyo xalqlarida jangovar yakka kurashining barcha turlarida jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan.

O'yin haqidagi dastlabki malumotlar eramizdan avvalgi 5-asrga borib taqaladi va u xitoy manbalarida Ti czyan czi (ti-teshi, czyan czi-volan) deb nomlangan. O'yin harbiy tayyorgarlikning bir qismi bo'lib, sarkardalar undan askarlar ruhiyatini ko'taruvchi psixologik vosita sifatida foydalangan. Keyingi ming yillar mobaynida “Qarabtep“ o'yini Turon zaminidan Osiyo va boshqa SHarq, Evropa mamlakatlariga savdo-sotiq aloqalari orqali tarqalib ketgan. Bunda Buyuk Ipak yo'li savdo aloqalari katta rol o'ynadi. Tarixiy solnomalar mazkur o'yin Xan ( imperatorlik davri er.av. 206 – er. 200 y.y), Suy va Tan, Sun (960 -1278) dinastiyalari hukmronlik qilgan ikki ming yilni qamrab oluvchi tarixiy davrda juda ommalashganidan shohidlik beradi.

Bugungi kunda mazkur o'yin butun dunyoda ommaviylashganini u o'z tarkibida 60 dan ortiq federaciya va sport uyushmalarini birlashtirganidan ham bilib olish qiyin emas. Volan o'yini Xalqaro federaciyasi (ISF) 1999 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va uning bayrog'i ostida jahonning ko'pgina federaciya va uyushmalari o'z birinchilik va turnirlarini o'tkazib keladi. 2003 yilda Evropa volan federaciyasi (SFE) ham tashkil qilingan. 2008 yilda XXR Markaziy banki mazkur qadimiy o'yinga bag'ishlab tanga pul zarb qildi va rasmiy muomalaga chiqardi.

Bugungi kunda dunyoning turli qita va o'lkalarida o'yinning futbol fristayl, volan fristayl, soks, futbeg, dja kau, cuzyuy, teeeg, zoska, larong sipa, kebani kabi 30 dan ortiq nomdagi ko'rinishlarini uchratamiz. Biroq mohiyatan ular “Qarabtep” yoki “Lanka”ga juda yaqin. Ushbu o'yinlarning barchasida insonni o'ziga maftun qiluvchi joziba, oyoq yordamida havoda bajariladigan qo'l va oyoq harakatlarining nozikligidir, deyish mumkin. Bunda o'yin snaryadi-tepki havoda qancha ko'p muallaq va chiroyli ushlab turilsa, shuncha go'zal bo'ladi.

“Qarabtep” o'yini ham bir qancha usullardan tashkil topgan. “Tepki” ni oyoqning tashqi tomoni, ichki tomoni va sakragan holatda oyoqlarni chalishtirib o'ng va chap oyoqlarda tepish mumkin. “Tepki”ni oyoq panjasi bilan tepib, havoga uchirish mazkur o'yin xususiyatidir, bunda tepki oyoq yordamida havoda qancha ko'p va chiroyli ushlab turilsa, shuncha jozibali bo'ladi.

“Qarabtep” o'yini ishtirokchidan yuksak mahoratni talab qiladi. Har bir tepilayotgan “Tepki” tepkichi tomonidan sanab boriladi. Bu esa tepkichidan butun etiborini va diqqatini bir joyga jamlashni talab qiladi. “Tepki” havodan oyoqqa yaqinlashayotganida tepkichi “Tepki”ni qanday tepish kerakligi haqida tezda bir fikrga kelib, tepish turini tanlaydi va kerakli harakatlar bajariladi, harakat koordinaciyasi yaxshilanadi.

“Qarabtep” o'yini barcha sport turlarining poydevori hisoblanadi. Bu o'yinni to'liq egallagan yosh tepkichi: chaqqon, epchil va har qanday holatda o'z muvozanatini to'la idrok eta oladi, bu esa har qanday sport turi uchun asosiy manba hisoblanadi.

Bugun millionlar o'yiniga aylangan “Qarabtep” xalq o'yini dunyoning beshta qitasida o'ynalib kelinyapti. Ushbu o'yin sobiq Ittifoq davrida har xil kasalliklar olib keladi, deb to'xtatib qo'yilgan. Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan milliy sport turlari, xususan, xalq o'yinlarini rivojlantirish va ommalashtirish uchun keng etibor berildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, talim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari Axborot tahlil departamentining 2012 yil 27 dekabrdagi topshirig'iga asosan, tegishli vazirlik hamda boshqa mutasaddi va manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda “Qarabtep” xalq o'yinini respublikamizda ommalashtirish bo'yicha aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan ko'rsatma berildi.

2013 yil 25 yanvarda Polvonlar Milliy Markazi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro andozalarga mos “Qarabtep” xalq o'yini qoidalari tasdiqlandi. SHu yil 21 dekabrda Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida “Qarabtep” xalq o'yini bo'yicha tarixiy Respublika birinchiligi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada barcha viloyatlardan yil davomida mashg'ulotlar olib borgan va shug'ullangan tepkichilar ishtirok etishdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Respublikamizning barcha hududlarida 2014-2015 yillar davomida mazkur o'yinni ommalashtirish maqsadida turli darajadagi o'quv muassasalarida musobaqalar, ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib qilindi. 2016 yil 20 mart kuni Navro'z bayrami munosabati bilan “Samarqand darvoza” savdo markazining maxsus pavilionida 60 dan ortiq tepkichilar o'rtasida Respublika ochiq chempionati o'tkazildi. CHempionat yakunlariga ko'ra 1-o'rinni Jizzax viloyati, 2-o'rinni Xorazm viloyati va 3-o'rinni Toshkent shahri tepkichlari egallashdi.

Hozirgi kunda yoshlarimizni “Qarabtep” o'yini bilan ommaviy ravishda shug'ullantirish orqali ularni sog'lom qilib tarbiyalash hamda bugun chetdan kirib kelayotgan har xil nosog'lom kompyuter o'yinlarga berilib ketayotgan yoshlarimizni bunday yomon illatlardan asrab qolish mumkin.

Asrlar davomida xalqimiz tomonidan sevib o'ynab kelingan “Qarabtep” milliy o'yinining jahonda birinchi xalqaro sport andozalariga mos qoidalari ishlab chiqildi. Kelajakda ushbu milliy o'yin bilan 5 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar birdek shug'ullanishlari mumkin. Milliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan bir paytda, “Qarabtep” o'yinini rivojlantirish va ommalashtirish hamda milliy sport turiga aylantirish, xalqaro sport arenasiga olib chiqish, milliy anana va qadriyatlarimizni butun dunyoga yanada keng miqyosda tanitishda o'z samarasini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 may 17:10:40
Davron Tashkenbayev
Эсимизда! ланка уйини утган асрнинг 70-80 йилларида узбекистонда жуда ривожланган эди.Футболдан кейин бу уйин мактаб уквчиларининг энг севимли уйинларидан бири эди. Лекин укитувчилар бу уйинга карши ашаддий кураш олиб боришар эди.Ланкаларни олиб куйиб томга отворишар эди.Гуёки болалар бу уйинни уйнаса дабба- грижа булиб коласанлар деб пропаганда утказишар эди. Хозир катта булиб , мундок уйлаб карасак, бу уйин болаларда чакконликни эпчилликни ривожлантирар экан!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing