So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

23 jan 13:40
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

Qarshi futbol mahorati maktabida favqulodda vaziyatlar bo'yicha o'quv-mashg'ulot tadbiri o'tkazildi + FOTO

Teglar :  QarshiFutbol
Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabida favqulodda vaziyatlar bo'yicha o'quv-mashg'ulot bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 515–sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2021 yil 15 yanvardagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarini kuchaytirish to'g'risida”gi 52-sonli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabida o'quv-mashg'ulot bo'lib o'tdi.

Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur tadbirda dastlab, futbol mahorat maktabining ishchi-xodimlari va futbolchi-o'quvchilaridan iborat 7 ta yo'nalish bo'yicha fuqaro muxofazasi guruhlari tuzildi.

Ushbu 7 ta fuqaro muxofazasi guruhlari mutaxassislar ko'magida favqulodda vaziyatlar xavfi tug'ilganda, yani zilzila vaqtida, yong'in sodir bo'lganida yoki shunga o'xshash salbiy holatlar kuzatilganda ogohlantirish signallarini chalishi, qanday qilib muxofazalinishi, jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kabi qator qoidalar va uslullarni ko'rsatib berishdi.

SHuningdek, soxa mutaxassislari tomonidan botulzm, qutirish kabi kasalliklarining salbiy oqibatlari va bu kasalliklardan saqlanish bo'yicha batafsil tushunchalar berildi.

Ko'rgazmali asbob-uskunalar orqali berilgan tavsiyalar tadbir ishtirokchilariga yanayam tushunarli bo'ldi.

O'quv-mashg'ulot tadbirida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xolmatov ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati futbol mahorati maktabining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat RO'ZIEV, o'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing