So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

23 sen 07:22
Yangiliklar

Tadbirlar

Qarshida “Butun jahonda avtomobilsiz kun” munosabati bilan salomatlik tadbiri o'tkazildi + FOTO

Kecha, 22 sentyabr kuni Qarshi shahrida viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va viloyat IIB YHXB tashabbusi bilan mutasaddi rahbarlar va aholi ishtirokida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

O'ziga xos tadbir 22 sentyabr – “Butun jahonda avtomobilsiz kun” munosabati bilan Qarshi shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida tashkil etildi.

Tadbir “Salomatlik uchun besh ming qadam” akciyasi bilan boshlanib, unda 2 mingga yaqin aholining keng qatlami ishtirok etdi. Jumladan, viloyatdagi korxona, tashkilot, talim muassasalari xodimlari hamda aholining barcha qatlami vakillari sportning ommalashuvi yo'lida ibrat ko'rsatishdi.

SHundan so'ng, keksalar, yoshlar, sportchilar va tashkilot-korxona xodimlari ishtirokida ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.

Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yo'qotishda yordam beradi.

SHunday ekan, hayotingizning birlamchi muhim omili bo'lgan sog'ligingizga vaqtida etibor qarating va kuningizning malum bir vaqtini oilangiz yoki do'stlaringiz bilan piyoda yurish bilan o'tkazing.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing