So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

16 jan 14:28
Yangiliklar

Tadbirlar

Qarshidagi futbol mahorati maktabida bayram tadbiri o'tkazildi

Teglar :  Qarshi14 yanvar
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami sport–talim muassasalarida ham keng nishonlandi.

Xususan, Qarshi shahridagi Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabida ham 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Yosh avlodni vatanparvarlik va fidoylik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kim vatanga sodiq bo'lsa, mendurman o'sha!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur manaviy-marifiy tadbirda faxriylar, ota-onalar, o'quvchi-yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Dastlab, bayram tadbirining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Tadbirni futbol mahorat maktabi direktori, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi” Nurali Sultonov tabrik so'zi bilan ochib, barchani ushbu qutlug' sana bilan tabrikladi.

SHuningdek, tabrik uchun so'z olgan Qarshi shahar mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i Baxtiyor Sultonxo'jaev, futbol mahorati maktabining manaviyat va marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'zievlar yurtimiz tinchligi va chegaralarimiz daxlsizligini taminlashda fidoyi harbiylarimizning mashaqqatli mehnatlari yuksak ekanligini takidlab o'tishdi.

SHundan so'ng Qarshi garnizoni manaviyat va marifat markazi harbiy orkestri ishtirokidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlardan iborat koncert dasturi tadbiriga yanada bayramona zavq-shavq bag'ishladi.

Bir so'z bilan aytganda, futbol mahorati maktabida Vatan himoyachilari kuni bayrami ko'tarinki ruhda tashkil etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing