So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

18 apr 05:16
Yangiliklar

Kurash

Qashqadaryo va Surxondaryo polvonlari kurash seminarida qatnashishdi

Teglar :  Kurash
Milliy sportimiz kurashni rivojlantirish, uning ommaviyligini taminlash borasida Qashqadaryo viloyatida o'ziga xos tadbir o'tkazildi.

Qarshi shahrida “Kurash Olimpiada sari, gender tenglik" mavzusida o'tgan seminar treningga nafaqat viloyatdagi mutaxassis va ishqibozlar, balki qo'shni Surxondaryo viloyati vakillari ham jalb etildi.

Ikki viloyat kurash mutaxassislari ishtirokidagi seminarda milliy sportimiz kurash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, uning texnik va taktik tamoyillari, musobaqalar jarayonidagi vaziyatlar, o'quv-mashg'ulotlarni tashkil etishda kurash qoidalariga, milliy ananalarga amal qilish jihatlari keng muhokama qilindi. Faxriy polvonlar Abdurashid Mirzaev, Oston CHo'liev, Olim Xayitov, jahon chempioni Baxrom Avazov, O'zbekiston kurash federaciyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov seminar tinglovchilarining savollariga javob berishdi. Ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Muhimi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o'rtasida kurashning ommalashtirish, musobaqalar tashkil etish, hamkorlik qamrovini davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaror asosida ham kengaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Seminar har tomonlama ishchan ruhda o'tdi. Uning yakunida ishtirokchilarga kurash tarixi, uning sport qonun-qoidasi muallifi Komil Yusupov haqidagi vedio lavhalar namoyish etildi. 

“Kurash Olimpiada sari, gender tenglik" mavzusidagi seminar-treningda faollik ko'rsatgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.

To'lqin Ro'ziev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing