So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

06 dek 12:43
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Qashqadaryoda katta sport bayrami bo'lib o'tdi (FOTO)

Xabaringiz bor, shu yilning 12 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgandi.

Yurtboshimiz tashrif davomida joylarda ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalarni bergan edilar. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy–sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Qashqadaryoda bir qator sport tadbirlari tashkil etildi.


Suzish

5 dekabr kuni Qarshi shahrida sportning suzish turi buyicha 2006-2007, 2008 yillarda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida Viloyat xokimi kubogi musobakasi o'tkazildi. Mazkur musobaka 8-13 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan respublika chempionatiga saralash musobakasi xisoblanadi. Tabdirda Viloyatning Kasbi, Kitob, Koson tumanlari va Qarshi shahar sportchilari ishtirok etdi. Etiborlisi shuki mazkur musobakada nafakat suzish bilan muntazam shug'ullanib kelayotgan sportchilar balki viloyat yoshlari xam ishtirok etishdi. Jami musobakada 90 nafar ishtirokchi suzish sport turining 50,100 metr erkin usul, 50,100 metr chalkancha, 50,100 metr brass, 50,100 metr batterflyay va 200 metr kompleks dasturlarida baxs olib borishdi.

Sportchilarni takdirlash marosimida O'zbekiston Milliy Olimpiya ko'mitasi raisining o'rinbosari Tashmatov SHerzod Rixsibaevich ishtirok etib, qo'mita tomonidan taqdim etilgan sovg'alarni g'olib va sovrindorlarga topshirdi.


Voleybol 

G'uzor tumanida 4-umumiy o'rta talim maktabining sport zalida sportning voleybol turi bo'yicha xotin qizlar o'rtasida tumandagi umumtalim maktablari o'rtasida “G'o'zor hokimi sovrini uchun” musobaqa o'tkazildi. Ushbu musobaqada 35 umumtalim maktablaridan  jami 260 nafar xotin qizlar ishtirok etishdilar. 

Musobaqa yakunida 1-o'rinni 10-maktab jamoasi, 2-o'rinni 56-maktab jamoasi hamda 3-o'rinlarni 22, 23-maktab jamoalari qo'lga kiritishdi. 


Taekvondo WT

G'uzor tumanida  Bolalar, o'smirlar va qizlar o'rtasida sport maktabining zalida Taekvondo WT turi bo'yicha 8-10, 11-13, 14-17 va 18-30 yosh toifalarida  “G'uzor tumani hokimi sovrini uchun” tuman musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada    jami 358 nafar ishtirokchilar qatnashishdi. SHundan sportchilarning 25 nafari 1-o'rinni, 25 nafari 2-o'rinni va 50 nafari 3-o'rinni egallashdi. 


Mini futbol

2 dekabr kuni G'uzor tumanida 2006-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida sportning mini futbol turi  bo'yicha “G'uzor hokimi sovrini uchun” hududiy bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi. SHahar markazi o'yini tumandagi 34-umumiy o'rta talim maktadida o'tkazidi unda 1,14,6,34,53,74-umumiy o'rta tlim maktablar ishtirok etib 53-umumiy o'rta talim maktabi tuman bosqichiga yo'llanma olidi. Avg'onbog' hududida 4-umumiy o'rta talim maktabida o'tkazildi unda 4,13,16,20,49-umumtalim maktablari ishtirok etib 4-umumtalim maktabi tuman bosqichiga yo'llanma odi. Qavchin hududida 8-umumiy o'rta talim maktabida o'tkazilib 8,45,44,61-umumtalim maktablari ishtirok etib 61-umumtalim maktabi tuman bosqichiga yo'llanma odi. Batosh hududida 54-umumiy o'rta talim maktabida o'tkazildi unda 21,23,51,54,71-umumtalim maktablari ishtirok etib 54-umumtalim maktabi tuman bosqichiga yo'llanma odi. Tengdosh hududida 9-umumiy o'rta talim maktabida o'tkazilib 9,26,5,56-umumtalim maktablari ishtirok etib 9-umumtalim maktabi tuman bosqichiga yo'llanma odi.

Velomarofon

5 dekabr kuni Koson tuman Mustaqillik shoh ko'chasida tuman xokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi bilan homkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligidagi 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sport, sanat, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirishi to'g'risida”gi yg'ilish bayoni va 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng taatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida sportning velomarofon turidan 18-30 yoshdagi mahalla o'rtasida musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslarga boy bo'lgan mazkur musobaqada 110 nafarga yaqin mahalla yoshlari ishtirok etdi. Musobakada ishtirokchilar g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdilar.


Marafon

5 dekabr kuni Koson tuman Mustaqillik shoh ko'chasida tuman xokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi bilan hamkorlikda sportning marofon turidan 18-30 yoshdagi mahalla o'rtasida musobaqa o'tkazildi. Qizg'in bahslarga boy bo'lgan mazkur musobaqada 500 nafarga yaqin mahalla yoshlari ishtirok etdi. Musobakada ishtirokchilar g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdilar. 


Futbol (Koson tumani)

5 dekabr kuni futbol bo'yicha 18-30 yoshdagi mahalla yoshlari o'rtasida futbol bo'yicha “Hokim kubogi!”gi final musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslarga boy bo'lgan mazkur musobaqada tumanning Navro'z, Mug'jagul, mahalla jamoalaridani 30 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Musobakada jamoalar g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdilar. Final musobaqasida Mug'jagul mahalla jamoalari  birinchi o'rini qo'lga kiritdi. Musobaqa g'oliblari tashkilotchilar va Milliy Olimpiya qo'mitsi tomonidan ham diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlandilar

Musobaqa g'oliblari tashkilotchilar va Milliy Olimpiya qo'mitsi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlandilar.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing