So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

31 dek 14:39
Yangiliklar

Sambo

Qashqadaryoda Prezident tashabbusi bilan sambo zali qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi + FOTO

Teglar :  Sambo
2020 yil so'nggida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Qashqadaryoga safari chog'ida sportchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tgandi.

Sportchilar orasida sambo bo'yicha Serbiyadagi jahon chempionati g'olibasi Musharraf Ibodullaeva ham ishtirok etgandi. Suhbat vaqtida Musharraf davlat rahbaridan Yakkabog' tumanida sambo zali qurilishini so'ragandi. O'sha erning o'zida SHavkat Mirziyoev masullarga ushbu masala yuzasidan topshiriq bergandi. 

Ushbu topshiriq doirasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida sambo bilan shug'ullanish uchun maxsus sport zali qurib bitkazildi. 

Kuni kecha mazkur zamonaviy sport zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdio'tdi. Ochilish marosimida jamoat arboblari, mahalliy hokimlik vakillari va sportchilar ishtirok etishdi. 

Endilikda yakkabog'lik samboga qiziquvchi yoshlarimiz mazkur sport zaliga kelib, sambo sir-asrorlarini o'rganishlari mumkin bo'ladi. Albatta kelajakda ushbu sport zalidan yangi Musharraf Ibodullaevalar, Gulxayo Jo'raevalar etishib chiqadi degan umiddamiz!

Fursatdan foydalanib butun O'zbekiston xalqiga, xususan Yakkabog'lik sportchilarimizga yangi yilga shunday sovg'a taqdim etilgani uchun Muxtaram Prezidentimizga, O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligiga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing