So’nggi yangiliklar

15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0

05 fev 07:22
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz Jahon kubogi bosqichlarida g'olib va sovrindor bo'lishdi

SHu kunlarda dunyoning turli nuqtalarida qilichbozlik bo'yicha Jahon kubogi bosqichlari o'tkazilmoqda.

Ahamiyatlisi, unda ishtirok etayotgan o'zbekistonlik "mushketyor"lar sovrinli o'rinlarni egallashmoqda.

Jumladan, Bolgariyaning Plovdiv shahrida o'tkazilayotgan turnirda sablyachimiz Zuhriddin Qodirov yakkalik dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi. U finalda amerikalik Morril Uilyamga 15:11 hisobida mag'lub bo'lgan.

Qizlar o'rtasidagi yakkalik bahslarida esa Samira SHokirova bronza medaliga ega chiqdi. U yarim final bosqichida franciyalik Tori Toskanga imkoniyatni boy bergan - 14:15.

Quvonarlisi, Plovdivdagi sablya turnirida qizlarimiz jamoaviy dasturda birinchi, yigitlarimiz esa uchinchi o'rinni egallashdi.

Fernarda Errera, Gulistan Perdebaeva, Nargiza Jaksibaeva hamda Samira SHokirovadan iborat qizlar terma jamoamiz finalda Franciya ustidan 45:43 hisobida g'alaba qozondi.

Yigitlar terma jamoamiz esa bronza medali uchun kechgan bahsda Vengriyani 45:39 hisobida dog'da qoldirdi. Turnirda termamiz tarkibida Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Azizbek Dauletnazarov hamda Zuhriddin Qodirov harakat qildi.

Bundan tashqari, Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilgan rapira yo'nalishidagi turnirda yigitlar terma jamoamiz jamoaviy dasturda uchinchi o'rinni egalladi. Termamiz yarim final bellashuvida Italiyaga mag'lub bo'lgan. Jamoa tarkibida esa Fozilxo'ja Alimov, Ilyosbek Maripjonov, Radmir Semeneev va Ulug'bek Usmonov ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing