So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

18 noy 17:34
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz tarixda ilk marotaba jahon kubogida kumush medalga ega chiqishdi

Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha o'smir qizlar o'rtasida jahon kubogi bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, musobaqaning jamoaviy yo'nalishida ishtirok etgan sportchilarimiz tarixda ilk marotaba jahon kubogida shohsupaga ko'tarilishdi. Qizlarimiz turnir davomida Moldova va Germaniya terma jamoasi vakillarini mag'lub etishdi. Final bosqichida esa rossiyalik raqiblarga mag'lub bo'lishdi va kumush medalga sazovor bo'lishdi. Bahslarda yurtimiz sharafini Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, SHaxnoza Tog'aymurodova va Aysulu Usnatdinovalar himoya qilishdi.

Yakkalik bahslarida bosh mukofotga bolgariyalik Yoana Ilieva ega chiqdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda rossiyalik sportchilar Valeriya Kobzeva va Alina Mixaylovaga nasib qildi.

Qayd etish lozimki, mazkur natijadan so'ng qizlarimiz jahon reytingida 12-o'ringa ko'tarildilar. Osiyo qitasida esa kuchli uchlikka kirib oldilar.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimiz, murabbiylar va O'zbekiston qilichbozlik federaciyasini muborakbod etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing