So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

21 apr 12:21
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha BAAda o'tgan JCH yakuni bo'yicha matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  Qilichbozlik
Xabaringiz bor, 2-10 aprel kunlari BAAning Dubay shahrida qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tdi

Unda g'alaba qozonib, ushbu sport turida O'zbekiston uchun ilk oltin medalni taqdim qilgan sablyachimiz Zuhriddin Qodirov ko'pchilikning olqishiga sazovor bo'ldi. SHuningdek, mazkur musobaqada Zaynab Dayibekova ham bronza medalini qo'lga kiritdi. Bugun MOQda qilichbozlarimiz qayd etgan natija va federaciyaning o'z oldiga qo'ygan rejalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Pan Amerika qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti Vitaliy Logvin, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova, terma jamoa bosh murabbiyi Vladimir Nazlimov, yosh sportchilarimiz va OAV xodimlari qatnashishdi.

Anjumanda Vitaliy Logvin o'zbek qilichbozligi o'zining yangi rivojlanish bosqichini boshdan o'tkazayotganiga alohida urg'u berdi.

“O'zbekiston qilichbozlik federaciyasida olib borilayotgan ulkan ishlar o'z samarasini bermoqda. Bu o'zbekistonlik yosh qilichbozlarning qayd etayotgan natijalarida namoyon. Endi navbat kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligi va Olimpiya o'yinlariga etib keldi. BAAdagi musobaqa yakunida O'zbekiston kuchli to'qqizlikdan joy oldi. Federaciya mana shunday o'sishda davom etsa, yaqin davrda TOP-3 ga kirishga asosiy davogar bo'lgan jamoani shakllantira oladi”, – dedi asli o'zbekistonlik bo'lgan mutaxassis.

Vladimir Nazlimov doimgidek o'zining motivacion nutqi bilan yosh sportchilar va OAV vakillarini o'ziga qaratdi.

“Ota-ona uchun haqiqiy baxt farzandi ularning ishonchini oqlashi. Bu erda o'tirgan ko'plab o'g'il-qizlarning ota-onalari ana shunday baxtni his qilishdi. Men O'zbekistonga jiddiy maqsad bilan kelganman. Faoliyatimni boshlashdan oldin federaciya rahbariyatiga va Prezidentga Olimpiada sovrindorini etishtirmaguncha Toshkentdan ketmaslikka vada berganman. SHunday ekan o'zimdan yomon xotira qoldirib bu mamlakatni tark etish niyatim yo'q. Buning uchun bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Yaqin Olimpiadada biz o'z so'zimizni aytamiz”, – dedi 3 karra Olimpiya o'yinlari chempioni.

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda bir qator obunachilar BAAda o'tgan JCH sovrindorlari uchun atalgan mukofot pullari o'z egalariga etib bormagani haqida mish-mishlar tarqatishgan edi. Anjuman davomida Zuhriddin Qodirov va Zaynab Dayibekova bu gap-so'zlarning yolg'on ekani, ajratilgan mablag'lar ularning hisob-raqamiga tushirib berilganini rasman takidlashdi.

SHuningdek, OAV vakillari federaciya mutasaddilari va sportchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollarni yo'llab, ularga atroflicha javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing