So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

03 avg 19:58
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha birinchi virtual O'zbekiston Respublikasi chempionatiga start berildi

Teglar :  Qilichbozlik
Bugun 2006-2007 yillar hamda 2008 yilda tug'ilgan va undan kichik yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida qilichbozlikning shpaga yo'nalishida onlayn tizimda O'zbekiston Respublikasi birinchi virtual chempionati doirasidagi musobaqalarni boshladi.

Musobaqada respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Avval xabar berilganidek, mazkur onlayn musobaqa mamlakatimizda qilichbozlikni ommalashtirish va targ'ib qilish;

- Pandemiya davrida yosh avlod salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb etish;

- O'zbekiston qilichbozlarning sport mahoratini oshirish.

- do'stona va sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida o'tkazilmoqda.


SHuningdek, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi virtual raqobat uchun iqtidorli yosh sportchilarga qulay imkoniyatlar taqdim etish bilan, hozirda shiddat bilan tarqalyotgan tojdorvirusga qarshi turish uchun umumiy javob chorrahasida bu kabi muhim ijtimoiy tadbirni o'tkazishga qaror qilganini alohida takidlash o'rinli.

SHunday qilib bugungi qilichbozlikning shpaga yo'nalishida bo'lib o'tgan onlayn musobaqaning yakkalik bahslarida kuch sinashgan spo'rtchilar o'zlarining bor mahoratlarini namonish etishdi. O'ta qiziqarli va zavqli o'tgan musobaqalar natijasiga ko'ra quydagi g'oliblar aniqlandi.

O'g'il bolalar. Yakkalik bahsi
1.Komilov Yuldosh (2007)- Navoiy
2.Nurmatov Adizbek (2007) - Navoiy
3.Uspanov Batir (2007) - Qoraqalpog'iston
3.Maxmudov Kamron (2007)-Navoiy.


Qiz bolalar. Yakkalik bahsi
1. Orinboeva SHahnoza (2007) - Qoraqalpog'iston
2. Maxmudova Maftuna (2006) - Buxoro
3. Murodova Zarina (2007) - Toshkent viloyati
3. Sadullaeva Gulchehra (2006) - Buxoro.

Qilichbozlik bo'yicha o'tkazilgan ushbu ilk onlayn musobaqa g'olib va sovrindorlarini tabriklaymiz.

Do'stlar qilichbozlarimizga qo'shiling va O'zbekiston Birinchi Virtual chempionati ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlang!

O'zQF Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing