So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

11 noy 14:06
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha "Satellit" xalqaro turnirining ochilish marosimi o'tkazildi

Teglar :  Qilichbozlik
Poytaxtimiz yana bir xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Bugun, 11 noyabr kuni Toshkentdagi "Universal" sport saroyida qilichbozlikning shpaga yo'nalishi bo'yicha "Satellit" xalqaro turniri o'tkazilmoqda.

Bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Indoneziya, shuningdek, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi bayrog'i ostidagi sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqdalar.

Biroz avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosarlari, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi hamda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqar ekan, yana bir nufuzli musobaqa O'zbekistonga ishonib topshirilganini, yurtimiz mazkur turnirni yuqori saviyada o'tkaza olishini, buning zamirida O'zbekistonda sportga ko'rsatilayotgan etibor yotganini qayd etib o'tdi. Tadbir davomida so'zga chiqqan mutasaddilar ham O'zbekistonda sport bilan shug'ullanish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilganligini aytib, turnir ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

O'zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari tadbirga yanada ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasidan so'ng, ochilish marosimi nihoyasiga etdi va asosiy bahslarga start berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing