So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

02 may 17:48
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Federaciya bosh kotibi muvaffaqiyatli sportchilarimiz, O'zbekistondagi qilichbozlik majmualari va boshqalar haqida

Xabaringiz bor, so'nggi yillarda O'zbekistonda qilichbozlik sport turi oldinga qadam tashlamoqda.


Bu borada O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining amalga oshirayotgan ishlarini alohida takidlab o'tish lozim.

Quyida mazkur tashkilotda bosh kotib lavozimida faoliyat olib borayotgan Nodira Alimova bilan intervyuni o'qishingiz mumkin bo'ladi.

-Toshkentda bo'lib o'tgan "Olimpiya umidlari" turniri haqida nimalar gapirib bera olasiz?

-Ushbu turnir kadetlar ( 17 yoshgacha bo'lgan sportchilar) uchun yangi ciklning boshlanishi hisoblanadi. SHuningdek, ushbu musobaqa orqali biz yangi kadetlar terma jamoasi uchun nomzodlarni saralab olishimiz mumkin bo'ldi. Ushbu turnirda qatnashgan sportchilar 2018 yilda Argentinada bo'lib o'tadigan uchinchi o'smirlar Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kurashadilar.

 

-Endi O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi yaqin orada qachon va qanday turnir o'tkazadi?

-Yaqin orada federaciyamiz tomonidan "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan turnir tashkil qilinadi.

 
-Qilichbozlarimiz oldida turgan navbatdagi xalqaro turnir qaysi?

-Bu yildan boshlab Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi yangi kadet musobaqalari ciklini tashkil qildi. Musobaqalar Avstraliya, Yaponiya, Singapur va Filippin mamlakatlarida bo'lib o'tadi.
Kattalar o'rtasida esa iyun oyida Gonkongda Osiyo chempionati, iyul oyida esa Germaniyada jahon chempionati bo'lib o'tadi.
SHuningdek, muhim xalqaro turnirlar oldidan yig'inlar bo'lib o'tadi. Rapirachilarimiz ayni paytda Novogorskda yig'in o'tkazmoqdalar. SHuningdek, shpaga va sablya terma jamoalarimiz ham yig'inga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

 

-Yurtimizda nechta qilichbozlik majmuasi bor?

-Toshkent va Andijonda ikkinta mahsus zalimiz bor. Undan tashqari Respublikamizning barcha viloyatlarida, bolalar va o'smirlar sport maktablarida qilichbozlik mashg'ulotlari olib borilmoqda.


-Ushbu sport turiga qiziqish bildirgan bolalar va ularning ota-onalari kimga va qaerga murojaat qilishlari mumkin?

-Bugungi kunda barcha viloyatda bo'limlarimiz tashkil qilingan. Ota-onalar shuningdek, qilichbozlik federaciyasiga (manzil: Toshkent shahri, O'zbekiston ko'chasi 98 A, "Paxtakor" stadioni oldida) murojaat qilishlari mumkin.



-O'zbekistonda qaysi viloyat qilichbozlari etakchi hisoblanadilar?

-Ayni paytda federaciyamiz rahbariyati tomonidan ushbu sport turining barcha yo'nalishlarini (shpaga, sablya, rapira) rivojlantirish borasida yaxshigina ishlar olib borilmoqda. SHpaga bo'yicha Toshkent shahri, Navoiy, Andijon va Buxoro vakillari favoritlar. Sablya bo'yicha esa Toshkent, Qoraqalpog'iston va Toshkent viloyati vakillari o'zlarini xar tomonlama ko'rsatmoqdalar.

Qilichbozlikni rivojlantirish uchun O'QF ushbu sport turida etakchi hisoblangan mamlakat vakillari tajribasiga tayanmoqda. Sportchilarni tayyorlash, murabbiylarning yangi uslublari, shuningdek, Respublika bo'ylab selekciya olib borish ishlariga katta etibor qaratilmoqda. Yana xalqaro qilichbozlik federaciyasining taklifi bilan murabbiylarimiz uch oylik murabbiylik kurslari, seminarlarida qatnashishadi. SHu yili mart oyida ham bizning vakilimiz Budapeshtda bo'lib o'tgan murabbiylar malakasini oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
 

-O'zingiz ham sportning ushbu turi bilan shug'ullanganmisiz?

-Yaxshi savol (kuladi). Tig'iz ish jadvali, ish, o'qish va oilam bo'lishiga qaramay, shanba kunlari vaqt topdim deguncha qilichbozlik zalida mashg'ulotlar o'tkazaman. Bu men uchun xobbi. Farzandlarim esa sport bilan professional tarzda shug'ullanadilar. Ular ham qilichbozlik, yana dzyudo sport turiga boradilar. Uyimizda hattoki qo'lbola qilichbozlik yo'lakchasi bor. Asosiysi istak. Vaqtni doimo topsa bo'ladi. Sport meni va oilamning hayotida muhim o'rin tutadi.
 

-Xalqaro arenalarda muvaffaqiyatlarga erishgan qilichbozlarimizdan kimlar haqida gapirib bera olasiz?

-Yaqinda mart oyida Finlandiyada terma jamoamiz azosi Oleg Sokolov jahon kubogida oltin medal sohibiga aylandi. SHuningdek, bizda iqtidorli yoshlar ko'p. Ulardan 2015 yilgi kadetlar va o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionati sovrindorlari Alimov Fayzulla, Alimov Sanjar, Sobirov Sanjar va Hakimova Malikalarni misol qilib ko'rsatishim mumkin.

Fevral oyi oxirida hakamimiz Ortiq Bo'riev xalqaro toifadagi hakamlik uchun imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi va ikki toifada (sablya va shpaga) xalqaro toifadagi hakamga aylandi.

O'zbekistonda sportni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Bizning vazifamiz ishonchni oqlash va yaxshi natijalarni qayd etishdir. SHuni alohida takidlab o'tishim lozimki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish insonning salomatligini taminlaydi.
 

-Suhbatingiz uchun tashakkur...


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing