So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 iyu 08:02
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik federaciyasi onlayn o'quv-mashg'ulotlarni boshladi

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi tashabbusi bilan respublikamizning barcha viloyatlaridan iqtidorli qilichbozlarni jalb qilgan holda ZOOM ilovasi orqali onlayn o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.

Mazkur o'quv-mashg'ulotlar uchta platformada kuniga ikki marta yani, ertalab va kechki payt har xil yosh toifalari ishtirokida o'tkazilmoqda.

Birinchi platformada qilichbozlik bo'yicha terma jamoaning 104 nafar sportchilari, ikkinchi platformada 2005-2007 yillarda tug'ilgan 111 nafar sportchilar hamda uchinchi platformada 2008 yilda tug'ilgan 103 nafar sportchilar qamrab olindi.

Ushbu mashg'ulotlar qilichbozlik bo'yicha mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, qilichbozlikning sablya yunalishida uchkarra Olimpiada chempioni, ikkikarra kumush va bir marta Olimpiya uyinlarining bronza medali sohibi Nazlimov Vladimir Aliverovich, bolgariyalik murabbiy Kamadjiev Martin hamda shpaga yunalishi buyicha venesuelalik mutaxassis – Xose Benavideslar olib borishmokda.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad-sportchilar etiborini umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus mashg'ulotlarga jalb qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, har kuni rejaga muvofiq qilichbozlik federaciyasi sport shifokorlari, sport dietologi sportchilar bilan onlayn seminarlar o'tkazmoqda.

SHu bilan bir qatorda hozirgi kunda sportchilar uchun alohida onlayn dars tashkil etilgan bo'lib, unda qilichbozlarning bilimlarini yanada oshirish maqsadida ingliz tili saboqlari berib borilmoqda.

Malumot o'rnida takidlash joiz, yaqin kunlarda qilichbozlik bo'yicha birinchi Respublika onlayn musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing